Iliman Ndiaye “Manchester Siti” futbolchisiga aylandi
26 yoshli futbolchi bilan 2031-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.
“Manchester Siti” Senegal terma jamoasi hujumchisi Iliman Ndiayening “Everton”dan transfer qilinganini rasman e’lon qildi. 26 yoshli futbolchi bilan 2031-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.
Avvalroq OAV “Manchester Siti” Ndiaye transferi uchun bonuslarni hisobga olgan holda 76 million yevro (65 million funt) to‘lashi haqida xabar bergandi.
Ndiaye “Everton” sharafini 2024-yil yozidan buyon himoya qilib kelayotgandi. U klub safida barcha musobaqalarda 74 ta uchrashuvda 17 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etdi.
Senegal terma jamoasida esa hujumchi 43 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 8 ta assist muallifi bo‘lgan. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.