“Ilhaq” filmining ilk taqdimoti televideniye orqali oʻtkazilishi mumkin
Filmni suratga olish jarayoni tugadi, ammo kartina ustida ishlar davom etmoqda.
Filmni suratga olish jarayoni tugadi, ammo kartina ustida ishlar davom etmoqda.
Rejissyor Jahongir Ahmedov aytishicha, karantin sabab filmning ilk namoyishi tor doirada yoki televideniye orqali oʻtkazilishi mumkin. Ijodiy guruh filmni tomoshabinga oʻz vaqtida yetkazishni maqsad qilgan.
Ayni paytda Ikkinchi Jahon urushida beshta oʻgʻlini yoʻqotgan Zulfiya Zokirovaning fojiali taqdiriga bagʻishlangan filmning musiqiy tarkibi yozib olinmoqda. Filmni tahrirlash va dublyaj qilish jarayoni davom etmoqda.
Tomoshabinlar 9-may – Xotira va qadrlash kunida kinofilmni koʻrishi uchun ishchi guruh karantin qoidalariga rioya qilgan holda, ilhom bilan ishlamoqda.