Mengnor momo 1938 yil Surxondaryo viloyatining Angor tumanida ko‘p farzandli oilada tug‘ilgan. Oiladagi farzandlarga qaraganda epchil va chaqqon bo‘lgan momo 9 yoshidan onasi bilan pilla parvarishlagan. Ulg‘aygach katta xonadonning kelini bo‘lgan Mengnor momo kelinlik uyida ham pilla parvarishida davom etdi.
Yillar o‘tib momoning 12 farzandi va kelinlari yoniga kirdi. Avvaliga 5-6 quti pilla yetishtirgan moma bora-bora 30-50 qutigacha pilla parvarishlab, tonnalab ho‘l pilla hosilini davlatimizga topshira boshladi.
Mengnor momoning to‘ng‘ich o‘g‘li Normurod aka va kelini Muhabbat opa xalq tilida aytganda momoning o‘ng qo‘li. Har ishida dastyori. Normurod aka aqlini tanibdiki, Mengnor momoning asosiy vaqti pilla parvarishi bilan band bo‘lganini eslaydi.
Mengnor momo pilla ortidan kelgan daromadi evaziga 3 marta Haj amallarini ado etishga erishdi va hayoti davomida ko‘plab unvon va mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
Xususan, "Fidokorona xizmatlari uchun" orden, "Mehnat faxriysi" III darajali ko‘krak nishoni, "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi" faxriy unvoni, “Mukarrama ayol” ko‘rik-tanlovi uchun tashakkurnoma, Mustaqilligimizning 5 yilligi, 15 yilligi, 25 yilligi, 30 yilligi ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/j7qrz52cNb4" title="Ilgʻor pillachi momo" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>G.Boboyeva, O‘zA