Ilg‘or fermer ayollar mentorlik (ustozlik) darajasini oldi
FOTOREPORTAJ
Namanganda “O‘zbekistonda tadbirkor ayollar va yosh xotin-qizlar uchun mentoring dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish” loyihasi doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyiha Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida istiqomat qilayotgan ayollarni qamrab olib, fermer ayollar va yosh tadbirkor xotin-qizlarni manzilli qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan.
[gallery-8893]
“Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining ilg‘or fermer ayollari uch kun davomida intensiv kurslarda ishtirok etib, mentorlik (ustozlik) darajasini oldi. Shu kunlar davomida ular bevosita o‘ttiz nafar menti (shogird)lar bilan ishladi. Ularga o‘z tajribalarini o‘rgatib, biznesini yo‘lga qo‘yishida ko‘maklashdi.
Kurslar davomida ishtirokchilar quritilgan meva va yong‘oq aralashmasi, sneklar, quritilgan sabzavotlar, yong‘oq va yeryong‘oq pastasi, donli-dukkakli mahsulotlar, murabbolar va mevadan tayyorlangan pyurelar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar tayyorladi.
Tez fursatda ushbu loyihalarning eng yaxshi uchtasi moliyalashtiriladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA