Toshkent shahridagi “Central Asian Expo” (CAEx) ko‘rgazma majmuasida 19–21-iyun kunlari mintaqada ilk bor o‘tkazilayotgan ekologik texnologiyalar bo‘yicha xalqaro ko‘rgazma – “Eco Expo Central Asia – 2025” bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada Qashqadaryo viloyati 30 dan ziyod 1-toifali korxona va tashkilotlar hamda Qarshi davlat texnika universitetining ekologiya va atrof muhit muhofazasi kafedrasi ishtirokchilari o‘zlarining 50 dan ortiq loyihalari bilan qatnashdi. 

Masalan, Qashqadaryo viloyatida joylashgan “O‘zbekiston GTL” MCHJ Xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasida istiqbolli loyihalarni taqdim etdi.

Yuqori KBKT ko‘rsatgichga ega texnologik  oqovalarni tozalash – Membranali bioreaktor (MBR) orqali amalga  oshirilishi, ushbu zamonaviy tizimlar orqali  yuqori konsentratsiyadagi KBKT ko‘rsatkichli oqova suvlarni biologik va membran to‘siqlar orqali bir vaqtda tozalash imkoniyatini berishi, bu esa o‘z o‘rnida qayta tozalangan suvlarni to‘liq texnologik jarayonlarga qayta foydalanish imkoniyatini berishi  to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berildi.

Korxona tomonidan ishlab chiqilgan bunday istiqbolli loyihalar ekologik  barqarorlik sari innovatsion qadam tashlashini yana bir isboti bo‘ldi va bu loyiha ko‘plab investorlarda qiziqish uyg‘otdi.

Ma’lumot o‘rnida “Eco Expo Central Asia – 2025” mintaqada ilk bor o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, 30 dan ortiq davlatlarni birlashtirib, ko‘rgazma maydonini ilg‘or amaliyotlar bilan o‘rtoqlashish, konstruktiv muloqot olib borish va “yashil” transformatsiyani ilgari surish bo‘yicha yetakchi platformaga aylantiradi.

Tadbir davomida iqlim barqarorligi, resurslarni tejash va toza texnologiyalarni joriy etish kabi asosiy masalalar muhokama qilindi. 

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ilg‘or amaliyotlar namoyishi