Ikkita yangi harbiy baza quriladi
Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri xabar beradi
Buyuk Britaniya Yevroittifoqdan chiqqanidan keyin Karib havzasi va Janubi-Sharqiy Osiyoda yangi harbiy bazalar qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Gevin Uilyamsonning maʼlumotiga tayanib, “The Sunday Telegraph” gazetasi xabar beradi.
“Buyuk Britaniya bu hududlarda ikkita yangi harbiy baza quradi, bu esa Brexitdan keyin mamlakatning chet davlatlardagi harbiy ishtirokini kengaytiradi”, deb yozadi gazeta.
Taʼkidlanishicha, hozir Kipr, Gibraltar, Forklend orollari va Hind okeanidagi Diyego-Garsiya orolida Buyuk Britaniyaning harbiy bazasi bor.