Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Chotqol” davlat biosfera qo‘riqxonasiga tutash 32 859,89 gektar hamda “Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonasiga tutash 28 ming 500 gektar hududda ularning qo‘riqlanma zonalari belgilandi.

Namangan viloyatidagi Pop ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligi (766,53 gektar), Toshkent viloyatidagi Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligi (8101,85 gektar), Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligi (23 991,51 gektar) hududlari "Chotqol" davlat biosfera qo‘riqxonasining qo‘riqlanma zonasiga kiritildi.

“Oqtog‘-Tomdi” davlat qo‘riqxonasining qo‘riqlanma zonasi esa Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi Tomdi davlat o‘rmon xo‘jaligi (6200 gektar) va Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi (22 300 gektar) hududidan iborat bo‘ldi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikkita muhofaza etiladigan tabiiy hududning qo‘riqlanma zonalari belgilandi