Buyuk G‘alabaning 75 yilligiga

Yana olti oydan keyin butun insoniyat Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Buyuk G‘alabaning 75 yilligini tantanali nishonlaydi.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) 30 oktyabrdan boshlab Ikkinchi jahon urushida o‘zbekistonlik jangchilarning jasoratlari to‘g‘risida turkum materiallar berishni boshladi. Unda jahon urushining dastlabki azobini tortgan Brest qal’asi, Moskva, Leningrad, Stalingrad shaharlari, Yevropa davlatlari va, nihoyat, urush olovi yoqilgan Germaniya hamda uning poytaxti Berlin shahri uchun bo‘lgan janglarda sobiq sovet armiyasi safida hamda partizanlik harakatlaridagi o‘zbek jangchilarining qahramonliklari to‘g‘risida hikoya qilinadi.

photo5337266257587710929.jpg

Rossiya elchixonasiga murojaat

VII qism

... 2019 yil 20 avgust. Ikkinchi jahon urushining qatnashchisi otam haqida Rossiya arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarni so‘rab, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi nomiga xat yo‘lladim.

ПОСОЛСТВО РОССИЙСКОЙ ФЕДЕРАТСИИ, ТАШКЕНТ, УЗБЕКИСТАН

Чрезвычайному и Полномочному Послу

Российской Федератсии в Республике Узбекистан

Госп. Тюрденеву Владимиру Лвовичу

Уважаемый Владимир Лвович!

Я обращаюс к Вам, как к полномочному представителю государства, которое является правоприемником СССР, с просбой помоч разыскат сведения о моем отсе и о маршруте боевых действий воинов 1278 стрелкового полка 87 стрелковой дивизии Советской Армии от Сталинграда до село Ряженое Матвеева-Курганского раёна Ростовской области, посколку на последнем писме «трёхуголнике» сложенный из листков клетчатой ученической тетради от отса в 1943 году была печат Сталинграда. Затем мы получили извещение о том, что наш отес «пропал без вести».

С уважением, Ирисмат Абдухаликов

Хатга жавоб келди.

Фром:ИрисматАбдухаликов [маилто:абдухолиқов.и@уза.уз]

Сент:Туесдай, Аугуст 20, 2019 6:09 ПМ

То:ташкент@мид.ру

Субжеcт: 55

Уважаемый Ирисмат,

На Ваше писмо высылаем сведения из архива о Вашем отсе, размещенные на следующих сайтах:ҳттпс://памят-народа.ру; ҳттпс://обд-мемориал.ру.

Более подробную информатсию можно получит, обратившис напрямую в сентралный архив Минобороны России по адресу: ул. Кирова, 74, Подолск, Московская обл., Россия, 142100

С уважением, Посолство РФ в РУ

Туесдай, Аугуст 20, 2019 6:09 ПМ

To: tashkent@mid.ru

Elchixonaning javob xatida, otamning Ikkinchi jahon urushida, internetdagi hujjatda hamda Olmaotada bosilib chiqqan kitobda qayd qilinishicha, 87-o‘qchi diviziyasining 1278-o‘qchi polkida xizmat qilganligi va 1943 yil 21 fevral kuni Rostov viloyati Matveevo-Qo‘rg‘on tumanidagi Ryajenoe qishlog‘i uchun bo‘lgan jangda halok bo‘lganligi, arxivlarda saqlanayotgan axborotlar asosidagi ilgarigi ma’lumotlar tasdig‘ini topdi.

photo5337266257587710930.jpg

Padari buzrukvorimizning armiyaga chaqirilganidan 77 yildan keyin, u ham bo‘lsa, oilamizning tashabbusi, qat’iy so‘rovi bo‘yicha, sobiq ittifoqning merosxo‘ri bo‘lgan Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi nomidan kelgan uzoq kutilgan, birinchi va yagona, rasmiy, qimmatli elektron javob olindi. Yana murakkab hislar qoplaydi yuragimni. Adolatli g‘azab va alamimdan nima deyishimni ham bilmay, musulmon emasmiz-mi: “hech kimning boshiga tushmasin!”, … deya ehtirosimni jilovlayman. Lekin hislarning, xotiraning, mavzuning muqaddasligini, ayrimlarda esa qonun, majburiyatlarni qo‘ya turayligu, oddiy insoniylik, adolat, mas’uliyat hissi yo‘qligi kishini azobga solar ekan.

Stalingrad jangidan omon-eson chiqqan otam Janubiy front 87-o‘qchi diviziyasi askarlari safida fashistlarni Yevropa tomon quvib, qariyb yarim ming kilometr jang qilib, shahar va qishloqlarni ozod etib, Rostov oblastining Matveev-Qo‘rg‘on rayonining Ryajenoe qishlog‘idagi dushmanlarni yo‘q qilish uchun jangga kirishadi.

Fashistlar bu yerda bo‘lib o‘tgan shafqatsiz otishmalarda Stalingrad qamalidagi sharmandalarcha mag‘lubiyati uchun qasos olmoqchi bo‘lishgan. Biznikilar esa bo‘sh kelmay yanada qattiq jang qilishadi. Va 1943 yil fevral oyining boshlarida otam xizmat qilgan Janubiy front 87-o‘qchi diviziyasining 1278-o‘qchi polki askarlari Rostov shahrini va Don daryosi atrofidagi katta bir hududni fashistlardan ozod qilishadi.

1943 yil 21 fevral kuni Rostov viloyatining o‘sha Matveev-Qo‘rg‘on rayoni Ryajenoe qishlog‘i uchun bo‘lgan shafqatsiz jangda 150 askar qatorida otam, o‘qchi askar Abdumalik Abduxoliqov bundan 77 yil muqaddam 35 yoshida halok bo‘ladi.

Lekin, hech kim, bunga taalluqli bo‘lgan hech bir idora, Rossiya elchixonasidan biz so‘rab olgan elektron xatdan tashqari, hanuzgacha bizga rasmiy xabar berganlari yo‘q. (Menga o‘xshaganlar qancha, degan fikr o‘tadi xayolimdan. Internetni titkilayman. O‘zbekistondan 132 ming 670 kishi bedarak yo‘qolgan. Ularning qanchasi taqdiri aslida qanday bo‘lganligidan qarindoshlari bexabar bo‘lsa kerak, degan xayolga boraman. O‘zbekistondan eng kamida to‘rt yuz ming oila bevosita ayriliq azobiga duchor bo‘ldi, degan yana bir ma’lumotni topaman).

Insonlar hayoti, ularning umri, Vatan himoyachilarining taqdiri ishonib topshirilgan o‘sha paytda mamlakatdagi siyosiy tuzum va sobiq sovet amaldorlari masalasi alohida mushohada, muhokama, tahlil va takliflarni talab qiladi. Tushunaman, qirg‘inbarot urush ketayapti. Portlayotgan bombalar, snaryadlar, granatalar, pushkalardan temir-po‘lat panjalari bilan tirik-o‘likni ajratmay otib, bosib borayotgan tanklar jangga kirgan, okopda bo‘lgan jangchilarni tish-tirnog‘igacha qurollangan dushman bosib, yanchib, shudgor qilib tashlagan. Balki, bunday ahvolda jangdan keyin ham hech kim hech narsa topa olmasa kerak, hech qanday hujjat saqlanishi mumkin emasdir, barchasi qiyma-qiyma bo‘lib, yonib kul bo‘lib ketdi, deyish mumkin.

photo5337266257587710931.jpg

Ammo, qarang-ki, qo‘lyozmalar kabi hujjatlar ham insonning tarixi, taqdiri kabi yonmas ekan, odatdagi 40 yildan keyin emas, yetmish yillardan keyin bo‘lsa ham otamning va nafaqat otamning, boshqa jangchilarning shaxslarini tasdiqlovchi hujjatlar topildi-ku. Yaxshiyam-ki, ikki-uch avlod o‘tib bo‘lsa ham ana shu janglar sodir bo‘lgan hududlardagi shahar va qishloqlarning litsey, kollej va maktab bolalari Ikkinchi jahon urushining 70, 75 yilliklari munosabati bilan ota-bobolarining qahramonliklari haqida bayonlar, insholar, referatlar yozishmoqda. Bizning otamiz haqidagi ma’lumot shunday paytda topildi. Lekin nega shu paytda Ulug‘ Vatan urushi, muqaddas urush deb, safarbar etgan idoralar, ona Vatanni himoya qilishga da’vat etgan oliy rahbariyat, ularning merosxo‘r davomchilari, Ittifoq tarqalgandan keyin ularning vakolatini bo‘yniga olgan bugungi hukumat, rasmiy, harbiy idoralar sukut saqlashadi?!

Rossiya Mudofaa vazirligining Podolsk shahridagi harbiy arxivida qanchadan-qancha ma’lumotlar chang bosib yotibdi. Nega bedarak ketganlarning oilalariga ular haqida saqlanayotgan aniq ma’lumotlarni ilgari Sovet, hozir esa hududida shu arxivlar saqlanayotgan Rossiya hukumati rasmiy ravishda bermaydi? Axir dunyoni fashizm vabosidan saqlab qolgan, gulgun yoshidagi turmush o‘rtog‘i, otasi, akasi, ukasi, amakisi, tog‘asini yo‘qotgan ming-ming oilalarning bunga haqqi ham muqaddas-ku! SSSR tarqalgandan keyin mana, yana chorak asrdan ziyod vaqtdan buyon ham o‘sha hujjatlar xuddi qamoqdagidek temir sandiqlarda qamalib yotmayaptimi? Ko‘pchilik, ayniqsa, ularning turmush o‘rtoqlari haqiqatdan bexabar bo‘lib, olamdan o‘tib ham ketishdi-ku?!

Belovej Shartnomasining: “Rossiya – Sovet Ittifoqining merosxo‘ri” deb, uning bundan keyingi barcha mas’uliyatu majburiyatlarini rasmiy tan olganligiga qancha bo‘ldi va bunga qanday qarashimiz kerak?!

Sulton suyagini xor qilmaydi. Men har yili onam qazo qilgan kun, otam urushda halok bo‘lgan kun deb 9 mayda Toshkentdagi Minor mozoridagi qabrlari uzra hovlimizda o‘sayotgan qordek oppoq, qondek to‘q qizil atir gullar dastasini qo‘yaman. So‘nggi bir necha yil esa 21 fevral kuni ham borib, akalarim bilan birga: “Biz sizlardan bir umrga minnatdormiz!», deb yozib qo‘yilgan qabr toshi uzra gullar qo‘yib, Qiblaga qarab otamga va yarim asrdan ko‘p otamning diydoriga intizor bo‘lib, haqiqatni bilmay o‘tib ketgan mushtipar onamga bag‘ishlab duolar o‘qiymiz.

Otamning jangda halok bo‘lgan kuni ma’lum bo‘lgandan 70 yil o‘tib, yana bir oilaviy haqiqat yuzaga chiqdi: "E...voh! Men endi tushundim”, dedi Abdumajit akam, – shu kuni sodir bo‘lgan voqeani eslab. 1943 yili... sen bir haftalik bo‘lgan eding, negadir to‘satdan chirillab yig‘lay boshlading, hech ham tindirib bo‘lmadi. Bu xolating uzoq cho‘zildi. Chaqaloq yig‘isini eshitib, qo‘shnimiz Qurbon kelinoyi kirdilar, tabib Mohira ayani chaqirdik. Ularning qo‘lidan ham hech narsa kelmadi. Ochig‘ini aytsam, bo‘ldi, o‘lib qoladi, nima ham joni bo‘lardi yetti kunlik chaqaloqning, deb o‘yladi hamma. Ey! Bori Xudoy-yo, hamdu sanolar Sening qudratingga, sen 14 fevralda tug‘ilgansan-a, deb menga nigohini tikdi akam. Demak, shu kuni 21 fevralda otamiz jangda halok bo‘lgan ekan. Sen yetti kunlik chaqaloq eding. Bu Allohning qudrati, otamning arvohi sening farishtangga xabar yetkazgan shekilli. Men endi tushundim shu kuni nima sodir bo‘lganiga, – dedi 77 yildan so‘ng yodiga tushgan bu voqeadan ko‘zlari chaqnab, o‘ng chakkasidagi qon tomirini o‘ng qo‘lining ko‘rsatkich barmog‘i bilan silar ekan 85 yoshli Abdumajit akam.

1942 yil 17 iyul kuni Stalingrad frontining 62-y i 64-y armiyalari askarlari Chir va simla daryolari atrofida 6-nemis armiyasining tish-tirnog‘igacha qurollangan otryadlari bilan to‘qnash keldi.

19 noyabr kuni Janubi-G‘arbiy frontning general N.F.Vatutin boshliq hamda Don frontining general K.K.Rokosovskiy boshliq qo‘shinlari hujmga o‘tishadi. Jon-jahdi bilan ko‘rsatilayotgan qarshilikka qaramay, ular dushmanni qamalga olishga muvaffaq bo‘ladilar. Natijada nemislarning besh diviziyasi tor-mor qilinib, tirik qolganlari asirga olinadi. Shunday qilib, Stalingradda fashizmning tomiri qirqiladi. 1943 yilning 2 fevral kuni dushmanning so‘nggi guruhi tor-mor qilinadi va Stalingrad jangi sovet armiyasining g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi jahon urushi tarixidan. Insoniyat tarixidagi eng dahshatli bo‘lgan Ikkinchi jahon urushida birgina O‘zbekistonning o‘zidan 133 mingga yaqin jangchi bedarak yo‘qolgan. Ikkinchi jahon urushida jasorat va matonat namunalarini ko‘rsatgan minglab o‘zbek jangchilarining xoki-poyi Stalingraddan tortib to Berlinga qadar bo‘lgan masofada abadiy makon topgan.

Saytimizni kuzatib boring. (Davomi bor)

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikkinchi jahon urushi. O‘zbekiston. Jasorat solnomasi (7-qism)