Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Qizilqum fosforit majmuasining ikkinchi bosqichi ishga tushirildi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida mamlakatimizda ishlab chiqarish hajmi va sifati muttasil oshib bormoqda. Davlatimiz rahbarining 2012-yil 10-aprelda qabul qilingan «To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim omil bo‘layotir.

Umumiy qiymati 59,9 million AQSh dollarilik sarmoya evaziga Germaniyaning “INGINEERING DOBERSEK GmHB” kompaniyasi bilan hamkorlikda barpo etilgan majmuaning ikkinchi navbatida fosforit rudasidan yuqori sifatli kuydirilgan fosforit konsentratlari tayyorlash hajmi yiliga 716 ming tonnaga yetkaziladi. Bu ishlab chiqarish sur’atini qariyb ikki barobar oshirib, qo‘shimcha 136 yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi. 

– Mazkur loyiha kombinat tizimida olib borilayotgan ulkan o‘zgarish va yangilanishlarning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi, – deydi majmua bo‘lim boshlig‘i Jasur Abdullayev. – Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxonada asosan yoshlar mehnat qilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarining to‘liq avtomatlashtirilgani ish sur’atining oshishida muhim omil bo‘lmoqda. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikkinchi bosqichi foydalanishga topshirildi