Milliy matbuot markazida “Qanot” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, iste’dodli shoirlar Mansur Jumayev va Shohsanam Nishonovaning “Ikkimizning ertaklarimiz” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

“Oltin meros press” nashriyotida chop etilgan mazkur kitobdan Mansur Jumayevning 150 dan ortiq she’ri, Turkiya, Eron va Vetnamning taniqli shoirlari – O‘mer Jivano, Ahmad Shomlu va May Van Fanning ijod namunalaridan tarjimalar, shuningdek, uning turmush o‘rtog‘i Shohsanam Nishonovaning 50 dan ziyod she’ri, Turkiyaning mashhur adiblari Bistomiy va Nihat Solmon ijodidan o‘zbek tiliga o‘girgan she’riy guldastalar o‘rin olgan.    

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari, taniqli shoir G‘ayrat Majid, adabiyotshunos olim Abdulla Ulug‘ov va boshqalar dunyoning turli chekkalarida xavotirli, qaltis vaziyatlar yuzaga kelayotgan paytda O‘zbekistonda tinchlikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, kitobxonlik madaniyatini oshirish, adabiyotni targ‘ib etish borasida ibratli tashabbuslar ilgari surilayotgani, bu esa barchamizni mudom shukronalik, vatanparvarlik va fidoyilik bilan yashashga chorlayotganini ta’kidladi.  

[gallery-24097]

–  Mansur Jumayevning she’rlari aynan ana shunday shukronalik, ezgulikka chorlashi bilan diqqatga sazovor, – dedi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining  o‘rinbosari G‘ayrat Majid. –  Inson bu dunyodan o‘tganidan keyin ham uning hayoti yorqin xotiralarda, ezgu so‘zlarida davom etaverar ekan. Mansur bugun yozganlari bilan yashamoqda. U  kelajagi porloq shoir edi. Joni qalam, yuragi siyohdon edi. Adabiyotda ustoz-shogird an’anasi juda nisbiy tushuncha. O‘z davrida Abdulla Oripovning g‘oyalari, go‘zal va zalvorli, teran ma’noli she’rlari ustozlarini  ham hayratga solgandi. Mansur Jumayevning Qur’oni  Karimga, Hadislarga muhabbati baland edi. Uning  ijodi  juda buyuk chashmalardan suv ichgani sababli betakrordir. Shohsanam Nishonova ham Mansur bilan birga shakllangan, bo‘ylashadigan ijodkor. Uning she’rlari inson yuragini, butun jonu jahoningizni ag‘dar-to‘ntar qilib yuboradi. Shu kunlarda O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning so‘zboshi bilan Mansurning she’rlari “Tafakkur” jurnalida chop etilishi arafasida. “Ikkimizning ertaklarimiz” nomli kitob adabiyot muxlislarining qalbiga yorug‘lik, nur bag‘ishlashi shubhasiz.  

–  Mansurning she’rlari adabiyotdagi o‘zgarishlarni, go‘zal manzaralarni bizga taqdim etadi, – dedi adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori Abdulla Ulug‘ov. – Mansur va Shohsanamning she’riy ertaklari boshqa ertaklardan farqlanadi. Mansur o‘z she’rlari bilan hammani hayratga solgandi. Uning she’rlari har bir insonning hayoti omonat ekanligini doim esga solib turadi, o‘zni anglashga undaydi. Mansur dinlar tarixini juda yaxshi bilar edi. Uning siniq, xoksor qiyofasi adabiyot muxlislarining xotirasiga o‘rnashib qolgan. Bugun dunyoning turli burchaklarida odamlar xavotir bilan kun ko‘rayotgan bir davrda bizning mamlakatimizda kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda. Shu ma’noda bu yurtda shukrona aytib yashash har bir fuqaroning burchidir. Mansurning she’rlari esa doim shukronalikka da’vat etadi.  

Xokisor va kamtar mualliflarning she’rlari o‘zining teran mazmuni, ohorli tashbehlari, yoshlikka xos shijoat hissiga to‘la ohanglari, mavzuga kutilmagan bo‘lakcha jur’at va jasorat ila yondashgani bilan qalbga ajib yorqinlik olib kiradi.

– Shohsanam Nishonovaning ijodi bilan anchadan buyon yaqindan tanishman, – deydi iqtidorli shoira Mehrinoz Abbosova. – Uning yozganlarini o‘qir ekansiz, qalbdagi mudroq tuyg‘ularga, so‘lg‘in, bemajol hislarga beixtiyor jon kiradi, hayot sinovlarida toblangan, mudom mushohada qilib yashayotgan kuchli ayolning g‘ayrat-shijoatga to‘lgan mardona va teran ovozi yangraydi. Shoiraning “Baxt”, “Azizim”, “Insoniyat mahallasi”, “Abdulla Qodiriyga”, “Vijdon hayqirig‘i”, “Qishloqqa qaytib” kabi she’rlarida aks etgan olamda yuz berayotgan har bir voqea-hodisaga nisbatan cheksiz hayratni, fikrlayotgan idrokdagi tadrijiy o‘zgarishlarni, boshqalarnikiga o‘xshamaydigan jozibador va ta’sirli so‘z vositalarini payqamaslik mumkin emas.  

Har ikki muallifning ham she’rlaridagi ma’no-mazmun ko‘lamining kengligi, ulardagi kutilmagan qofiyalaru shu paytgacha hech kim qo‘llamagan ohorli, toza tashbehlar, o‘tliq satrlar shoir va shoiraning ishq ichra asir ekanidan, bir-biriga bo‘lgan adoqsiz muhabbatidan ogoh etadi.  

– Garchi Mansur Jumayev foniy dunyodan erta o‘tgan bo‘lsa-da, undan juda katta adabiy meros, ma’naviy ganjina, adabiyot maydonida baland so‘zi va yorqin izi qoldi, – dedi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Laziz Rahmatov. – Shohsanam esa bu boy xazinani ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylab, ma’nan quvvatlab-boyitib, elimizga armug‘on etish va so‘z san’atiga sadoqatdek yuksak missiyani juda katta ehtirom bilan ado etib kelmoqda.  

“Qanot” loyihasi doirasida har ikkala muallifning ijodiga bag‘ishlangan 300ga yaqin taqriz, eng sara video va audio she’r jamlandi, Mansurjon tahsil olgan  maktabda alohida stipendiya joriy etildi. Bundan tashqari, bugungi kunda Qashqadaryo viloyatining ko‘plab tumanlari maktablariga uning kitoblari tuhfa qilinmoqda.  

Mualliflarning yangi nashri keng jamoatchilik tomonidan iliq kutib olingani “Ikkimizning ertaklarimiz” ming-minglab kitobsevarlarning sevimli to‘plamiga aylanishidan darak beradi.  

Mansur Jumayev 1991 yil 17 fevralda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidan tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Oq orzularim”, “Hayrat qo‘shiqlari”, “Hazrati ishq” va “Biz kutgan fasl” kitoblari nashr etilgan. Yosh shoir O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi, Navro‘z ayyomiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda o‘zining betakror she’rlari bilan doimiy faol ishtirok etar edi. Ayni paytda Mansur Jumayev O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining ijodiy loyihalari, adabiy forum va anjumanlari, yoshlarga oid adabiy tadbirlarning doimiy qatnashchisi, kitobxonlik, milliy adabiyotimiz,  go‘zal she’riyatimizning, mamlakatimizda kechayotgan ma’rifiy yangilanish jarayonlarining  faol targ‘ibotchisi ham edi.    

Shohsanam Nishonova 1995 yil Farg‘ona viloyati Quva tumanida tavallud topgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida tahsil olgan. “Iqror” she’riy to‘plami chop qilingan.  

Har ikki muallifning ham she’rlari turk, ozarbayjon, qozoq, tojik, rus va ingliz tillariga tarjima qilingan.  

Nazokat Usmonova,  

Oybek Pardayev (suratlar),  

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ikkimizning ertaklarimiz” nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi