Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida to‘qimachilik sohasida eksport imkoniyatlari va zaxiralarni ishga solish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
O‘tgan yilda 5 million dollardan ortiq eksport qilgan 55 ta korxonaning har birida kamida 200 nafardan ishchi ishlamoqda. Lekin bu korxonalar asosan viloyat markazlarida va sanoati rivojlangan tumanlarda joylashgan.
Ularga ko‘mak berilsa, olis va sanoat kirib bormagan tumanlarda filial ochmoqchi. Bunga Savdoni rivojlantirish kompaniyasidan besh yilga 10 milliard so‘mgacha Markaziy bank asosiy stavkasida kredit beriladi. Xorijlik dizayner, texnolog, konstruktor va marketologlarning ish haqi qoplab beriladi.
Qo‘yiladigan shart – korxonalar 200 ta ish o‘rni yaratishi va munosib ish haqi to‘lashi kerak.
Mutasaddilarga ushbu rag‘batlarni ishga solib, joriy yilda 20 ta, keyingi yilda yana 30 ta tumanda tikuvchilik fabrikalarini ishga tushirish topshirildi.
Bu ishlar Qoraqalpog‘istondan boshlanishi belgilandi.
O‘zA