Vetnamda U23 va U17 yosh toifalarida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Ushbu musobaqada qit’amizning bir qator mamlakat termalari qatori O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etmoqda.

23 yoshgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi yunon-rum kurashi bahslarida vazni 82 kilogrammgacha bo‘lgan hamyurtimiz Samandar Bobonazarov qirg‘izistonlik Bekzat Orunkul Uluni yengib, oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, Abdullo Aliyev 72 kilogrammgacha vazn toifasida qirg‘izistonlik Kutman Temirbekovni taslim etib, delegatsiyamizga ikkinchi oltin medalni keltirdi.

Shuningdek, U23 yosh toifasidagi yunun-rum kurashi bellashuvlarida Mehroj Bahromov kumush, Og‘abek Muqimov esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki yosh polvonimiz Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi