Bugun iste’molchilarni qiynayotgan muammolardan biri aviachiptalar masalasi.
Buxoro viloyati, Peshko‘ tumani “Xorkash” MFY Oqrabot qishlog‘ida yashovchi iste’molchi O.B. 2020 yilning mart oyida Buxoro shahridagi “GOLDAVIA SERVIS”ga qarashli aviakassadan “Buxoro-Moskva” avia yo‘nalishi orqali parvoz qilish maqsadida 1 million 500 ming so‘mga aviabilet xarid qilgan.
Ammo koronavirus pandimiyasi tufayli aviareyslar qoldirilgani sababli parvozi amalga oshmagan.
Fuqaro Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi murojaat qilib, aviachipta pulini qaytarib olishda amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur murojaat Peshko‘ tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, muammo zudlik bilan ijobiy hal etildi va iste’molchining aviabilet uchun to‘lagan 1 million 500 ming so‘m puli undirib berildi.
Shuningdek, Namangan viloyati Pop tumani, Sang qishlog‘i, “Guzar” maxallasida yashovchi yana bir iste’molchi Yu.J ham huddi shunday aviachipta muammosi bilan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga yozma murojaat qildi.
Murojaatda bayon etilishicha, fuqaro 2020 yilning 26 fevral kuni Pop shahridagi avikassadan Rossiya Federatsiyasining Kaliningrad shahriga borish maqsadida 2 million 850 ming so‘mga aviachipta sotib olgan. Biroq 2020 yil mart oyida butun dunyoda SOVID-19 pandemiyasi munosabati bilan davlatlararo aviaqatnovlar to‘liq to‘htatilganligi sababli 2020 yil 25 mart kuni Rossiya Federatsiyasiga ketishi imkoni bo‘lmagan. 2020 yil oxirida aviachiptasini avikassa xodimlarining ko‘rsatmasi bo‘yicha vaucherga o‘tkazib qo‘ygan, lekin shu kungacha ushbu holat inobatga olinmagan. Aviachipta uchun sarflagan pulini qaytarib olishda amaliy yordam so‘rab murojaat etgan.
Ushbu murojaat Pop tuman jamiyati tomonidan o‘rganilib chiqildi. O‘rganish davomida Pop tuman jamiyati mutaxassislari Pop shaxrida joylashgan “EXPRESS AIR” MCHJ ga qarashli avikassa sotuvchisi bilan suhbat olib borildi. “EXPRESS AIR” MCHJ sotuvchisi tomonidan murojaatchi Yu.J ning avia chipta uchun qilgan to‘lovlari, ya’ni 2 million 850 ming so‘m puli qaytarib olib berilishiga erishildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA