Ikki turkiy mavludning badiiy talqini
Zarina NIZOMJONOVA magistrant Qarshi davlat universiteti Qarshi, O‘zbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqolada “Vasilatu-n-najot” hamda “Mavludi Sharif” asarlari qiyosiy tahlilga tortilgan bo‘lib, unda ikki mavlud asarining mazmun-mohiyati, kompozitsion tuzilishi, badiiy tasvir vositalari hamda diniy-ma’rifiy g‘oyalari o‘zaro solishtirilgan. Shuningdek, asarlardagi Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) siymosining badiiy talqini, til va uslub xususiyatlari ham matnshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganilgan. Maqola turkiy mavludnavislik an’anasining shakllanishi va rivojlanishida ushbu asarlarning o‘rni hamda ahamiyatini yoritishga xizmat qiladi.
Tayanch so‘zlar: mavludnavislik, qiyosiy tahlil, Vasilatu-n-najot, Mavludi Sharif, matnshunoslik, badiiy talqin, diniy-adabiy meros, turkiy adabiyot, badiiy uslub.