Turkiyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan ayollar o‘rtasida W15 tasnifiga kiruvchi nufuzli musobaqada vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Musobaqaning yakkalik bellashuvlarida Milana Maslenkova mezbonlar vakili Irem Kurtni 6:2, 6:4 hisobida yengdi va ikkinchi davrada neytral tennischi Edda Mamedovani sinovdan o‘tkazadigan bo‘ldi. Shuningdek, yana bir yosh tennischimiz Diana Yakovleva ilk bosqichda italiyalik Lukretsiya Musettiga qarshi kortga chiqadi.  

Juftlik bellashuvlarida D.Yakovleva misrlik Yana Hossam Salah bilan tandemda turkiyalik Defne Aydemir va Sehrazat Dagchini har ikkala setda bir xil 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi Diana va Yaana chorak finalda neytral tennischilar Anastasiya Aralova hamda Valentina Pojidayeva dueti bilan kuch sinashadi.  

Darvoqe, Milana Maslenkova juftliklar o‘rtasida moldovalik Yeva Zabolotnaya bilan birgalikda ishtirok etishni lozim ko‘rdi. Ular ilk davrada neytral tennischilar Famina Uladzislaya va Mariya Nikitsenka juftligiga ro‘baro‘ keladi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki tennischi qizimiz Turkiyada o‘ynamoqda