Gretsiya poytaxti Afina shahrida sport kurashlari bo‘yicha U17 yosh toifasida jahon chempionati boshlandi. Chempionatni yunon-rum kurashchilari boshlab berdi. Biz uchun ahamiyatlisi, ilk kungi bellashuvlarda ikki nafar polvonimiz final bosqichiga chiqdi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, vazni 48 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar orasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Bunyod Hasanov, dastlab eronlik Amirmuhammad Hajivandsavakini, chorak finalda qirg‘izistonlik Janarbek Seyitovni, yarim finalda esa turkiyalik Baris Soyluni taslim etgan holda final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi polvonimiz bugun, 29 iyul kuni jahon chempionligi uchun qozog‘istonlik Nurdavlat Kumaruliga qarshi gilamga chiqadi.

Shuningdek, 80 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida hamyurtimiz Abdulaziz Xolmirzayev so‘nggi hal qiluvchi final bellashuvida gruziyalik Luka Martiashvili bilan bellashadi.  

Mazkur final janglari mamlakatimiz vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi. Darvoqe, bugun kun davomida yunon-rum kurashi bo‘yicha bir qator vazn toifalarida saralash bosqichlari ham tashkil etiladi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki polvonimiz jahon chempionligi uchun gilamga chiqadi