Ikki buyuk siymo yod etildi
FOTOREPORTAJ
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida o‘quvchi-yoshlarni ajdodlarimiz – g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning asrlar osha yashab kelayotgan boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish maqsadida “Ajdodlar ruhi mangu barhayot” mavzuida adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi.
Tadbirda bobokalonlarimizning hayoti va ijodi haqida batafsil so‘z yuritildi. G‘azal va ruboiylaridan namunalar o‘qildi. Hayot yo‘llaridan lavhalar ijro etildi. Institutning energetika fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi ayniqsa, yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.
Tadbir o‘quvchi-yoshlarni Movarounnahr, Xuroson hamda Hind diyori adabiy muhitida yuqori shuhratga ega bo‘lgan ajdodlarimizning ma’naviy merosidan bahramand qilish, ularning ijodini chuqur o‘rganish targ‘ib etish, bugungi kun yoshlarini o‘z ajdodlariga munosib avlod sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
[gallery-15959]
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA