“Ikki buyuk siymo – bir buyuk meros” mavzusida viloyat seminari o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Fevral oyi xalq xotirasida ikki buyuk siymo — Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi bilan muhrlangan. Shu munosabat bilan Yangi Namangan tumanidagi 94-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ikki buyuk siymo – bir buyuk meros” shiori ostida Namangan viloyati seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminar doirasida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbirlar, insholar va rasmlar tanlovi, ochiq darslar, musiqa va sport tadbirlari tashkil etildi.
Viloyat seminari ta’lim sifatini oshirish, pedagoglar o‘rtasida tajriba almashish va o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
[gallery-27774]
Ma’lumot uchun, mazkur maktabda bugungi kunda 866 nafar o‘quvchiga 48 nafar pedagog ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Pedagoglarning 5 nafari oliy, 5 nafari birinchi, 21 nafari ikkinchi toifaga ega. Shuningdek, 9 nafar o‘qituvchi xalqaro, 3 nafari milliy sertifikat sohibi hisoblanadi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA