Qirg‘iz Respublikasining Talas viloyatida “Manas Demi – 2025” xalqaro yarim marafoni bo‘lib o‘tdi. Ilk marotaba tashkil etilgan ushbu musobaqada Qozog‘iston, O‘zbekiston, Rossiya, Germaniya, Avstriya va Qirg‘izistondan kelgan 1000 nafardan ortiq atlet ishtirok etdi.

Xalqlar o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan ushbu musobaqada ishtirokchilar 3 km, 10 km va yarim marafon masofalarida bahslargi kirishdi.  

Quvonarlisi, yarim marafon (21,1 km) yo‘nalishining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida Otabek Toshquvatov 1 soat 7 daqiqa 7 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Ayollar orasida esa Shohsanam Hurramova belgilangan masofani 1 soat 23 daqiqa 33 soniyada bosib o‘tib, birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, 10 km. masofada hamyurtimiz Ruslan Hojiyev 33 daqiqa 22 soniya natija bilan shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikki atletimiz xalqaro yarim marafonda g‘olib bo‘ldi