Surxondaryo viloyatidagi Jarqo‘rg‘on tumani markazidan nisbatan olisdagi infratuzilmasi yaxshi rivojlanmagan 12 ta mahalla ijtimoiy xodimining aholiga elektr skuterda xizmat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yildi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi topshirgan skuterlar xodimlarning aholiga ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatishini tezlashtirib, sifatini oshirmoqda. 

Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam berib, ularni qo‘llab-quvvatlash davlatimiz belgilab olgan siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu ish ijtimoiy xodimlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklab, ko‘rsatilayotgan yordamlar samaradorligini oshirishni talab etmoqda. Qulay, kamxarj va ixcham elektr skuterlar ularning tezkor harakatlanib, kundalik ishlarini sifatli tashkil etishga ko‘maklashmoqda. 

– Skuter nafaqat vaqt va masofani qisqartirdi, balki ijtimoiy yordamga muhtoj insonlarga o‘z vaqtida yetib borish, ularning muammolarini joyida hal etish imkonini kengaytirdi, – Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari Aziz Mashrapov. – Xodimlarning ish sharoitlari yaxshilanib, xalq va davlat o‘rtasidagi ishonchni yanada mustahkamlay boshladi. 

Mahalladagi ijtimoiy xodimlar o‘ta mas’uliyatli va ayni paytda sharafli vazifani bajarmoqda. Ular ijtimoiy yordamga muhtoj insonlarga ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatishni tashkil etib, ichki resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qarindosh, qo‘ni-qo‘shni, homiy va boshqa ko‘ngillilarni ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatishga jalb etayotir. Ularning faoliyatini muvofiqlashtirmoqda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, soliq inspektori hamkorligida muammolarini bartaraf etish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rmoqda. Aholiga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmat va yordamlar to‘g‘risida, shuningdek, aholining mazkur xizmatlarni olishga bo‘lgan huquqlari bo‘yicha tushuntirishlar berayotir. 

– Tuman markazidan 25 kilometr uzoqdagi Uzumzor mahallasi aholisiga xizmat ko‘rsataman, – deydi ijtimoiy xodim Saida Ergasheva. – Mahalla aholisining asosiy qismi adirliklarda yashaydi. Xonadonlar tarqoq joylashgan. Mingdan ortiq kishidan xol-ahvol so‘rab, ularning masalalarini hal etishda andak qiyinchiliklarga duch kelayotgan edim. Elektr skuter bu muammoga chek qo‘ydi. Qiyinchilik ortda qoldi. Mahalladagi yordamga muhtoj insonlardan tez-tez xabar olishimga qulay imkoniyat yaratdi.

Infratuzilmasi yaxshi rivojlanmagan olis va chekka mahallalardagi ijtimoiy xodimlarning elektr skuterlar bilan ta’minlanishi ham mamlakatimizda inson qadri ulug‘lanib, aholining yordamga muhtoj qatlamini har taraflama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaldagi samarasidir.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy xodimlar elektr skuterda xizmat ko‘rsatmoqda