Qashqadaryo viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasida tashkil etilgan seminarda Agentlik mas’ullari, xodimlari, tuman va shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining huquqiy masalalarda ekspert maslahatchilari ishtirok etdi.

Seminarda viloyat sudi raisi o‘rinbosari Kamol Nimazov tomonidan sudlarga beriladigan ariza va da’vo arizalarning qonuniyligi, ularga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati, “Adolat” axborot tizimlar kompleksida arizalarni kiritish tartibi, keyinchalik shu turkumdagi ishlarni hal etishda sud va markaz o‘rtasidagi elektron almashinuvlar, sudlarga videokonferensaloqa rejimida qatnashish afzalliklari yuzasidan tushuntirishlar berildi. 

Shuningdek, sudlarga kiritilayotgan da’vo arizasi va arizalarga fuqarolarni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ro‘yxatga olinganligi haqida so‘rovnoma hamda oilani o‘rganish ma’lumotlarini ilova tariqasida yuklash, fuqarolarga “billing.sud.uz” sayti orqali pochta xarajatlarini to‘lash kvitansiyalarini yaratish xususida ma’lumotlar qayd etib o‘tildi. Qolaversa, farzandlikka olish haqidagi ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan hujjatlar ro‘yxatini berish, bolani olish  va bola tarbiyasida ishtirok etish haqidagi fuqarolik ishlarida bola bilan bog‘liq xulosalarni o‘z vaqtida sifatli xulosalar qilib berish yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda sud bilan bog‘liq tizimlar muhokama qilindi