Ijtimoiy xizmatlar xalqqa yaqinlashmoqda
Ijtimoiy himoya agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Adham Bayzaqov Sirdaryo va Xovos tumanlarida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda hududiy “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari haqida so‘z yuritilib, mahallalarda faoliyat yuritayotgan kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar faoliyati haqida ma’lumot berildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun tashkil etilgan mazkur sayyor qabulda 13 nafar muammoli masala joyida ijobiy hal etilib, 16 nafar fuqaroning murojaati bo‘yicha tegishli mutaxassislar ishtirokida tushuncha berildi.


Jumladan, 4 nafar fuqaro nogironlik aravachasi, 3 nafar fuqaro qo‘ltiq tayoq, 1 nafar fuqaro sanatoriyaga yo‘llanma, 4 nafar fuqaro hassa, 1 nafar fuqaro eshitish moslamasi bilan ta’minlandi. Shuningdek, ishtirokchilarga kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida batafsil tushuncha berildi.



Fuqarolarning roziligini ta’minlash va aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan bu kabi sayyor qabullar viloyatning barcha hududlarida tashkil etilmoqda.
Shuhrat Suyarov, O‘zA muxbiri