Yurtimizda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunda davlatimiz rahbarining 2024 yil 18 iyulda qabul qilingan “Aholiga davlat ijtimoiy ko‘magini ko‘rsatish tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori dasturilamal vazifasini o‘tamoqda.  

Unga ko‘ra, aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid barcha choralarni raqamli texnologiyalar asosida taqdim etishga o‘tishning asosiy yo‘nalishlari belgilangan. Jumladan, “Ijtimoiy karta” axborot tizimini joriy etish orqali ijtimoiy to‘lovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari, aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning ijtimoiy xususiyatga ega boshqa barcha choralari bosqichma-bosqich to‘liq avtomatlashtiriladi. Shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj toifadagi fuqarolarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda ularning ijtimoiy xizmatlardan, yordam va to‘lovlardan, davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning boshqa choralaridan foydalanish uchun hujjatlarni yig‘ish zarurati bekor qilinadi.

– Qaror bilan davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini manzilli, qisqa muddatlarda, masofadan turib hamda proaktiv tarzda olish imkoniyatini berish ko‘zda tutilgan, – deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi ijtimoiy to‘lovlar sho‘’basi mudiri Jasur Xudoynazarov. – Ijtimoiy sug‘urtalashni joriy qilish doirasida raqamli servislarni rivojlantirish orqali davlat va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida hamkorlik qilish soddalashtirilib, respublika, viloyat, tuman (shahar) va mahalla darajasida davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashini amalga oshiruvchi davlat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligi oshiriladi. Ijtimoiy karta Milliy ijtimoiy himoya agentligi tomonidan O‘zbekiston fuqarolariga, respublika hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga beriladi hamda o‘zgartirilmaydigan noyob shaxsiy raqamni o‘z ichiga oladi.

“Ijtimoiy karta” axborot tizimidan foydalangan holda yangi tayinlanadigan ijtimoiy to‘lovlar, xizmatlar va imtiyozlar, shu jumladan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan vaucherlar qiymatida protez-ortopedik buyumlar va reabilitatsiya texnik vositalarini xarid qilish mumkin. Nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va guvohnomalar, talaba, o‘quvchi, urush qatnashchisi yoki unga tenglashtirilgan shaxs guvohnomalarining qog‘oz shakllari bekor qilinib, ularning o‘rniga ijtimoiy karta joriy etiladi.  

– Ijtimoiy karta uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, moliyaviy agent, uning bo‘linmalari, “ijtimoiy karta” mobil ilovasi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish mumkin, – deydi Navoiy shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i Nurbek Ulug‘berdiyev. – Ijtimoiy karta “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali olinganda, markazning mas’ul xodimi tomonidan bir qator jarayonlar amalga oshiriladi. Mas’ul xodim planshet orqali shaxsni identifikatsiya qiladi. Ariza beruvchining amalda bo‘lgan ijtimoiy kartaga ega ekanligi hamda bepul ijtimoiy karta olish huquqi aniqlanib, ariza beruvchi nomidan ariza to‘ldiradi. Ariza beruvchini raqamli formatda suratga oladi va ommaviy oferta shartnomasini chop etib, ariza beruvchini tanishtiradi hamda bir nusxasini taqdim etadi. Ariza beruvchi tomonidan ariza va ommaviy oferta shartnomasi maxsus mobil qurilma orqali imzolanishini ta’minlaydi hamda arizani tegishli moliyaviy agentga yuboradi. Aholining ayrim toifalariga bank kartasi shaklidagi ijtimoiy kartani karta egasining yashash manziliga yetkazib beradi va ijtimoiy karta yetkazib berilganligini axborot tizimiga kiritadi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiy viloyatida 15 ming 77 nafar fuqaroga ijtimoiy karta shakllantirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, 2025 yilning 1 iyulida joriy etilishi rejalashtirilgan.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy to‘lovlar “Ijtimoiy karta” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi