Hayotimizni axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Kundalik ehtiyojimizda telefon, kompyuter va boshqa turdagi axborot texnologiyalaridan foydalanamiz. Afsuski, ko‘p xollarda ushbu qurilmalar yolg‘on xabarlarga aldanib qolish, mablag‘ yo‘qotishga ham sababchi bo‘lyapti, ular orqali ko‘plab jinoyatlar sodir etilyapti.

Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga asosan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida Axborot texnologiyalari orqali sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda tuman Ichki ishlar organ faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (IIOFMB) quyi bo‘linmalari faoliyati tashkil etilgan edi.   

Xush, bugungi kunda ushbu bo‘linmalar qay tarzda faoliyat olib boryapti? Aholi va yoshlar o‘rtasida targ‘ibot ishlari ko‘ngildagidekmi? Aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha qanday choralar qo‘llanilyapti? 

Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMB  Axborot texnologiyalari sohasida jinoyatlarning oldini olish bo‘linmasi  inspektori, katta leytenant Baxtiyor Tangirov  mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berdi: 

— Axborot texnologiyalarining jamiyat hayotidagi o‘rni beqiyos. Shu bilan birga jamiyatda ulardan keng foydalanish axborot texnologiyalari orqali sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar sonining ortishiga olib kelmoqda. Endilikda jinoyatchilar tomonidan fuqarolarning yashash yoki ish joylariga kirib, ularning mol-mulklarini yoki pullarini  firibgarlik va o‘g‘irlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishdan ko‘ra, ularning bank plastik kartasidagi yoki boshqa hisob raqamlaridagi pul mablag‘larini aldov yoki yashirin yo‘l bilan qo‘lga kiritish holatlari avj olmoqda. Bunda kiberjinoyatchilar, albatta, u yoki bu turdagi axborot texnologiyasi qurilmasidan hamda internetning imkoniyatlaridan foydalanmoqda.   

Keyingi vaqtlarda ayniqsa, zararli havolalar orqali plastik kartalardan pul o‘g‘irlash, bank yoki uyali aloqa kompaniyasi xodimi sifatida qo‘ng‘iroq qilib, shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish, soxta internet do‘konlari ko‘rinishida oldindan to‘lovlarni o‘tkazib olish, treyderlar hamda onlayn ish sifatida fuqarolarning pullarini ko‘paytirib berishni va’da qilib, aldov yo‘li bilan pullarini  qo‘lga kiritish  holatlari ko‘paymoqda. Bu esa fuqarolarning turli miqdordagi pul mablag‘larini kiberjinoyatchilarga topshirib, jabrlanishlariga sabab bo‘lmoqda.  

Xususan, Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida ham 2025 yilning 3 oyi davomida  bu turdagi kiberjinoyatlardan jabrlangan 150 nafardan ortiq fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan. Shundan 122 ta vaziyatda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Bu kabi jinoyatlarning oldini olish maqsadida tumanda targ‘ibot va tashviqot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Joriy yilning 3-aprel kuni ham Yakkasaroy tumanida joylashgan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 1-bosqich talabalari bilan “kiberbulling” mavzusida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.  

Davra suhbati davomida talabalar o‘rtasida ma’lumot almashish uchun ochilgan telegram guruhiga noma’lum akkaunt qo‘shilib olib, telegram guruhiga harxil nomaqbul fotosuratlarni joylashtirgani, ushbu holat yuzasidan noma’lum akkaunt foydalanuvchisini topib, qonuniy chora ko‘rish haqida murojaat bo‘ldi. Holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu guruh talabasi U.Z.ning soxta akkaunt ochib guruhga uyatli fotosuratlarni joylashtirgani aniqlandi. Ushbu shaxsga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudiga yuborildi.   

Sud tomonidan huquqbuzarlik sodir etgan fuqaro U.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 189-moddasiga asosan BHMning 100 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi hamda huquqbuzarlik sodir etish quroli (mobil qurilma) davlat foydasiga musodara etildi. 

Shuningdek, tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida, Oliy ta’lim muassasalarida, bozorlarda va ijimoiy ob’ektlarda  fuqarolar bilan kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Fuqarolarga tegishli shaxsiy va  bank plastik kartalari ma’lumotlarini begona shaxslarga ma’lum qilmaslik hamda notanish shaxslarga oldindan pul o‘tkazmalarini amalga oshirmaslik haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.   

Nigora Rahmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy tarmoqlardagi huquqbuzarliklarga qanday choralar ko‘rilyapti?