Ijtimoiy tadbirkorlik yangilanish bosqichida
Davlatimiz Rahbari tomonidan jamoat tashkilotlariga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilganlarini guvohi boʻldim va bundan gʻururlandim.
Davlatimiz Rahbari tomonidan jamoat tashkilotlariga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilganlarini guvohi boʻldim va bundan gʻururlandim.
Butun dunyo tajribasida nodavlat notijorat tashkilotlari davlat tashkilotlari bilan xalqni bogʻlab turadigan, aholi oʻrtasida mavjud boʻlgan eng dolzarb muammolarni olib chiqadigan alohida bir sektor hisoblanadi.
Murojaatnomada joylardagi ijtimoiy muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan koʻplab sohalar singari yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlik tashabbuslarini, ayniqsa, yoshlar va ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga alohida ahamiyat berib oʻtdilar.
Prezidentimiz tomonidan “Biz yangi ish oʻrinlarini yaratadigan tadbirkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashimiz, taʼbir joiz boʻlsa, ularni yelkamizda koʻtarishimiz kerak” deganlarida bu jamoat tashkilotlari oldida ochilgan yangi imkoniyatlar eshigi ekanligini his qildim.
Yuqorida qayd etilgan fikrlar Ijtimoiy tadbirkorlik asoslari va uni ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida tegishli qonun loyihasini ishlab chiqish taklifini kiritilishi bilan oʻz tasdigʻini topdi.
Murojaatnomada qayd etilgan vazifalardan kelib chiqib, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun yaratiladigan imkoniyatlarni chuqur mohiyatini anglagan holda ijtimoiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarni tashkil etish orqali iqtisodiyotimizga, yurtimiz rivojiga bor kuchimizni safarbar etamiz.
Mavlyudaxon Shirinova,
“SABR” Respublika Ijtimoiy-Iqtisodiy rivojlanish markazi direktori