Ijtimoiy profilaktika ötkazilmagani oqibatida...
Samarqand viloyatida 2026-yilning 9 oyida hisobga olingan 13 ming 74 ta jinoyatning 6718 tasi (51 foizi) axborot texnologiyalari sohasida, 3235 tasi (25 foizi) oldini oliş mumkin bölgan hamda 3121 tasi (24 foizi) aniqlanadigan jinoyatlarni taşkil etdi.
Bu raqamlar xalq deputatlari viloyat Kengaşining bugun ötkazilgan sessiyasida joriy yilning töqqiz oyi davomida viloyatda jamoat xavfsizligini taʼminlaş, jinoyatçilikni jilovlaş hamda kriminogen vaziyatni soğlomlaştiriş borasida amalga oşirilgan işlar yuzasidan axborot bergan viloyat prokurorining birinçi örinbosari Sarvar Bozorov tomonidan qayd etildi.
– Viloyatda xavfsiz muhitni şakllantiriş, mahallalarni jinoyatdan holi hududga aylantiriş hamda xalqimizning tinç va osuda hayot keçirişini taʼminlaş borasida amalga oşirilgan çora-tadbirlar natijasida, 2026-yilning 9 oyida ötgan yilning mos davriga nisbatan jinoyat sodir qilgan şaxslar soni 23 foizga, muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir qilingan, oldini oliş mumkin bölgan jinoyatlar 50 foizga, yoşlar jinoyati 32, guruhlar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar 17, ayollar jinoyati 8 hamda voyaga yetmaganlar jinoyati 3 foizga kamaydi, – dedi S.Bozorov. – Jinoyat sodir qilingan mahallalar sentabr oyida 27 tani taşkil qilib, iyul oyiga nisbatan 75 foizga, avgustga nisbatan esa 73 foizga kamaygan. Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir qilingan 1090 ta jinoyatning foş etilişi bilan uşbu jinoyatlar natijasida xalqimizga yetkazilgan 49,8 milliard söm zarardan 18,2 milliard sömini jabrlanuvçilarga qaytarilişi hamda hisob raqamlarning çiqiş tranzaksiyalariga taqiq qöyiş yöli bilan 7 milliard söm pul mablağlarining muzlatilişi taʼminlandi.
Ammo, tahlillar davlatimiz rahbarining şu yil 5-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan “Respublika mahallalarida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi”ni ötkaziş tartibi töğrisida”gi Nizom talablariga muvofiq, ijtimoiy profilaktika haftaligi tadbirlari ötkazilgan mahallalarda profilaktik işlar natijadorligi yetarli darajada taʼminlanmaganligini körsatdi. Tuman va şahar hokimlari tomonidan har oyda ijtimoiy profilaktika haftaligini taşkil etiş, aholining ijtimoiy-maişiy muammolarini örganiş, manzilli çoralar köriş hamda mahalla yettiligi faoliyatini muvofiqlaştiriş borasidagi işlar formal ravişda olib borilgan. Natijada, haftalik tadbirlari ötkazilgan mahallalarda kriminogen vaziyat yaxşilaniş örniga, 36 ta mahalla “qizil” toifaga kiritilgan.
Xususan, Samarqand şahrida 5 ta, Oqdaryo va Samarqand tumanida 4 tadan, Bulunğur va Urgutda 3 tadan, Nurobod, Pastdarğom, Qöşrabot, Payariq, Narpay, Jomboy va Paxtaçida 2 tadan, Toyloq, Iştixon va Kattaqörğon tumanida 1 tadan mahalla “qizil” toifaga kiritilgan. Misol uçun, Payariq tumanidagi 2025-yilda “yaşil” toifada bölgan Turkibolo mahallasida joriy yilda “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” ötkazib kelingan bölsa-da, mahallaning muqaddam yaxşi bölgan kriminogen vaziyati aksinça yomonlaşib, bugunga kelib oğir toifadagi “qizil” mahalla hisobiga qöşilgan.
Oğir va öta oğir turdagi jinoyatlar sodir etilganligi bois 2025-yilda “qizil” va “sariq” toifadagi 679 ta mahallaning 579 tasida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” ötkazilmaganligi oqibatida ötgan yil “qizil” toifada bölgan 77 ta mahallaning 39 tasida kriminogen vaziyat önglanmagan, 18 tasi hamon “qizil” toifadagi mahalla sifatida qolmoqda.
Viloyat prokurori örinbosari hududiy hokimliklarning mahalla yettiligi subʼektlari faoliyatini muvofiqlaştiriş va ularning faoliyati ustidan taʼsirçan nazoratni taʼminlaş borasidagi işlari ham talab darajasida taşkil etilmaganini qayd etib, yöl qöyilgan kamçiliklarni tezkor bartaraf etiş zarurligini taʼkidladi.
Ğ.Hasanov, ÖzA muxbiri