Mahalla azal-azaldan o‘zbek davlatchiligi tarixida ta’sirchan va tezkor, kichik siyosiy boshqaruv sub’ekti sifatida ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy jihatdan qulay infratuzilma bo‘lib kelgan.

Uni ishchan ijtimoiy-iqtisodiy mexanizm sifatida raqamlashtirish, xalqaro olam bilan integratsiyalashtirish dolzarbligini yangicha tahlil qilish, bu borada innovatsion takliflar berish bugun davr talabi bo‘lmoqda. Shu kabi masalalar yuzasidan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti xodimi Sherzod Qurbonovning fikr-mulohazalari bilan qiziqdik:

– Bugungi kunda mamlakat taqdiri bilan bog‘liq tub o‘zgarishlar komissiyalar doirasida emas, balki xalqning o‘ziga havola qilingan holda o‘rganilib, qarorlar, istiqbolli kelajak dasturlari qabul qilinmoqda. Ilgari xalq bilan davlat o‘rtasida katta uzilish, bo‘shliq borday edi. Bugun ana shu bo‘shliq “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyil asosida to‘ldirildi. Bunday ijtimoiy kafolatlashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori va 2022 yil 16 avgustdagi “Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhim ahamiyat kasb etdi. 

Xususan, Prezidentning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 11 sentyabr kungi qaroriga ko‘ra esa “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi doirasida 2024 yil 1 yanvardan boshlab bosqichma-bosqich barcha shahar va tumanlarda “Mahalla byudjeti” tizimini joriy etish belgilandi. 

Bunda tuman va shahar byudjetlariga tushadigan soliq tushumlarining bir qismi mahallalarning ijtimoiy-iktisodiy muammolarini hal qilish jamg‘armalariga yo‘naltirilishi, tashabbusli byudjet amaliyotini va mahallalarning moliyaviy mustaqilligini yanada kengaytirish maqsadida 2024 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 10 trillion so‘m, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun kamida 4 trillion so‘m yo‘naltirilishi belgilandi.

Darhaqiqat, “Ochiq byudjet” tanlovlari orqali hududlarni rivojlantirish loyihalarini shaffof tarzda aholi o‘rtasida ovozga qo‘yish hayotimizga dadil tatbiq qilinishi ijtimoiy jamoatchilik instituti fundamental shakllanayotganini ko‘rsatadi. Chunonchi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali 2023 yilda yo‘naltirilgan mablag‘lar doirasida “Tashabbusli byudjet”, “Mening yo‘lim”, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgani quvonarli. Joriy yilda mamlakatimizda ushbu dasturning birinchi bosqichi yakuniy hisobotida aholi tomonidan yo‘l, suv, elektr, maktab, bog‘cha, shifoxona va boshqa ijtimoiy infratuzilmalarni yaxshilashga 34 mingta loyiha takliflari ovozga qo‘yilgani, shundan 1 ming 666 ta loyiha joriy qilindi. Bu islohotlar ijrosida fuqarolarning huquqiy faolligi oshgani ham e’tiborga molik. Yana bir muhim jihati, “Tashabbusli byudjet” dasturida qatnashgan 34 mingta loyiha kelgusi yilning byudjetini shakllantirish uchun tayyor taklif sifatida qabul qilindi va inobatga olish belgilandi. Bu takliflarni real voqelik, xalq farovonligini yanada oshirishning istiqbolli amaliyoti, deya ayta olamiz.

Samarali islohotlar 2023 yilda keng ko‘lamda va xalqaro investitsiyalar imzolash formatlarida yanada kuchaytirilmoqda. Xalq ichiga kirib borish, “mahallabay”, “xonadonbay” ishlashdek ijtimoiy boshqaruv tashkil qilindi. 

 “Inson qadri uchun” tamoyili asosida joriy qilingan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida inson qadrini ulug‘lash, xalqparvar davlat barpo etish, inson kapitalini rivojlantirish, axborot jamiyati kontekstida relevant infratuzilmani yaratish, mahallaning “faol” modelini raqamli joriy etishga e’tibor qaratildi. Unga ko‘ra, fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini to‘liq ta’minlaydigan, ijtimoiy hayot haqidagi barcha ma’lumotlarni ko‘rsatib beradigan “ijtimoiy mahalla” tizimini hayotimizga tatbiq qilish borasida samarali ishlar olib borildi. Bu tizimda davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, aholi hayoti farovonligini oshirish, ayollarni ijtimoiy himoya qilish, kambag‘al aholi qatlamiga yordam ko‘rsatish va yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga yetishga yordam bermoqda. E’tiborli jihati, “ijtimoiy mahalla” tizimida hududlarda tarixiy, madaniy, geografik o‘ziga xos ob’ektlarni saqlab qolish, mahallani obod qilish barobarida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish dasturlari joriy qilindi. Mahallalarda yoshlar masalalari bilan muntazam shug‘ullanadigan Yoshlar ishlari agentligining vakillari biriktirildi. Mahallalarning moliyaviy imkoniyatini kengaytirish maqsadida alohida jamg‘arma tashkil etildi. Hokim yordamchilari aholini tadbirkorlikka jalb etish va ularni qo‘llab-quvvatlashda ishonchli vakil bo‘lsa, yoshlar yetakchisi faol yoshlarni izlab topish, uyushmagan yoshlar bilan individual ishlab, ularni to‘g‘ri maqsadlarga yo‘naltirish bo‘yicha zaruriy harakat bo‘ldi. Ayniqsa, raqamlashtirish samarasi o‘laroq postgloballashuv sharoitida axborot jamiyati diskursini takomillashtirish, bu orqali fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va jamiyat faoliyatini tartibga solish, ma’lumotlarni tezkor olish tizimi keng ko‘lamda tashkil etildi.

– Fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish turlarini kengaytirish borasida qanday islohotlar muhim sanaladi?

– Fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish turlarini kengaytirishning muhim sharti, bu — davlat va mahalliy boshqaruv tizimini jadal raqamlashtirish sanaladi. Oddiy hayotdan olib qarasak, “Elektron hukumat” portali fuqarolar, tadbirkorlik sub’ektlari, hokimiyatning boshqa bo‘g‘inlari va murojaatchilar o‘rtasidagi munosabatlarda mustahkam ko‘prik vazifasini bajarmoqda. Shu bilan birga, fuqarolarning IT savodxonligini oshirmoqda. Yana bir muhim jihat, inson omili bilan bog‘liq bo‘lgan qog‘ozbozliklarni, byurokratiyani kamaytirdi. Korrupsion holatlarga chek qo‘yib, aholi ongini o‘zgartirmoqda. Shu o‘rinda tushuncha berib o‘tsak, elektron hukumatning “Osiyo modeli” boshqaruvining o‘ziga xosligi ham shunda. Bandlik masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu yerda mahalla va ijtimoiylashuvning salmog‘i kuzatiladi. 2023 yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi mehnat resurslari soni 19 million 453,3 ming kishini tashkil qilgan. Shundan 2 million nafardan ortig‘i xorijdagi mehnat migrantlari bo‘lsa, respublikamizda ishsizlar soni yil boshidagi 1 million 400 ming kishidan 9,6 foiz, iyunga kelib, 1 million 300 ming kishigacha 8,8 foiz kamaygan. Yuqoridagi samarali ko‘rsatkichlarda katta mehnat, ilmiy asoslar, davlat dasturlari va xalqimizning mehnatsevarligi yotibdi.

– Ma’lumki, bugungi kunda mahalla, tuman va yirik hududlarni biror tadbirkorlik turiga, dehqonchilikka ixtisoslashtirishni yo‘lga qo‘yish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bu boradagi ishlar qay darajada samara beradi, deb o‘ylaysiz? 

– Darhaqiqat, 2023 yil martida Prezidentimiz “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Mazkur hujjatda barcha hudud rahbarlari oldiga ularning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olib, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida har bir mahallani aniq bir yo‘nalishga ixtisoslashtirish, imtiyozli kreditlarni mavjud sharoit va oilalarning xohish-istaklarini inobatga olgan holda ajratishga e’tibor qaratish vazifasi qo‘yildi. Xalqimizda "Tuproq oltinga teng, yer insonni to‘yg‘azadi”, degan naql bejiz aytilmagan. Ijtimoiy-iqtisodiy tub islohotlar zamirida kambag‘allikni qisqartirish uchun aholini qo‘shimcha daromad manbai bilan ta’minlash, qishloq joylarda tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, bu orqali bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish va narx-navo barqarorligini saqlash yotadi. 

 – Mahallaning o‘rni va istiqbolli loyihalarini rivojlantirish uchun qanday takliflarni ilgari surgan bo‘lar edingiz?

– Sir emaski, mamlakatda tomorqalarni rivojlantirishga oqava suv muammosi to‘siq bo‘lmoqda. Shular hisobga olingan holda suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlarda joylashgan aholi tomorqa yerlari va dehqon xo‘jaliklarini suv bilan barqaror ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 dekabrdagi “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori joriy qilindi. Hujjatga muvofiq suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqa yerlari, dehqon xo‘jaliklari va foydalanishdan chiqqan maydonlarni sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash, daryolar, kanallar va boshqa suv ob’ektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish hamda o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplash maqsadida Davlat byudjetidan mablag‘ yo‘naltirish tartibi 2026 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi. 

Moliya vazirligi tomonidan suv ta’minoti og‘ir mahallalarda vertikal sug‘orish quduqlarini qazish va nasos o‘rnatish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 2022 yilgi Davlat byudjeti parametrlarida Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi uchun ko‘zda tutilgan 50 milliard so‘mga qo‘shimcha ravishda 50 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Iqlim o‘zgarishi sharoitida mamlakatda oqava suv muammo bo‘lib qolmoqda. Xo‘sh, bunday sharoitda nima qilmoq kerak? Suv ta’minoti og‘ir, ammo iste’molga yaroqli yer osti suv zaxiralari yetarli bo‘lgan mahallalarda markazlashgan tartibda 480-520 metrli artezian quduqlari qazilib, toza yer osti suvlarini chiqarish va uning elektr ta’minotini muqobil energiya manbai bilan ta’minlash zarur. Mahallalarni jadal rivojlantirishning ikkinchi zaruriy yo‘li xalqaro integratsiyalashishdir. Bugun har bir mahallaning o‘z saytini tashkil qilish dolzarbdir. Yaratilgan sayt platformasi nafaqat mahalla pasporti vazifasini bajaradi, balki elektron bozor rolini o‘ynaydi. Mahalla mas’ullari tomonidan yuritiladigan mazkur saytlar mahalla bozori platformasi sifatida hududdagi tadbirkorlar va hunarmandlar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar, buyumlarni reklama tarzida ijtimoiy tarmoqda targ‘ib qilib boradi. Sayt faoliyati esa telegram, instagram, feysbook kabi faol ijtimoiy tarmoqlarga integratsiyalashtiriladi. Qolaversa, kimga statistik ma’lumot kerak bo‘lsa, mahalla sayti bazasiga kiritilgan raqamlardan foydalanaveradi. Mahalla tuzilmasining ish samaradorligi oshadi. Mahalla sayti ma’lumotlarini kuzatgan ichki bozor eksportyorlari va mamlakatga tashrif buyurayotgan sayyoh, investorlar o‘zi uchun qiziqarli, foydali mahallani tanlash, unga bilvosita tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Zero, bugungi globallashuv sharoitida reklamasiz va raqamlashmasdan turib hech bir sohani jadal rivojlantirish, talab va taklifni to‘g‘ri baholash, shaffoflikni ta’minlash oson bo‘lmaydi.

O‘zA muxbiri Abdulaziz RUSTAMOV suhbatlashdi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy mahalla tizimini xalqaro doirada integratsiyalash iqtisodiy samara beradi