Ijtimoiy kömak — hayotga işonç bağişlaydi
Buxoro viloyati Kogon tumanida nogironligi bölgan şaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qöllab-quvvatlaş, ularning hayot sifatini yaxşilaş, jamiyatda faol iştirok etişi uçun zarur şaroit yaratiş borasida manzilli işlar olib borilmoqda. Bu jarayonda har bir insonning ehtiyoji va imkoniyatidan kelib çiqib yordam körsatişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan mamlakatimizda şakllantirilayotgan yangi ijtimoiy himoya tizimining muhim jihati ham şundaki, endi yordam faqat moddiy kömak beriş bilan çeklanmaydi. Insonni qiyin vaziyatdan çiqariş, uning mustaqil hayot keçirişi, kasb va mehnat orqali daromad topişi, farzandlarining munosib taʼlim olişi uçun kompleks şaroit yaratiş ustuvor vazifaga aylanmoqda.
Tumandagi “Sorğun” mahalla fuqarolar yiğinida amalga oşirilayotgan işlar bu yondaşuvning hayotiy ifodasidir. Mazkur mahallada 3 ming 561 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning 79 nafari nogironligi bölgan şaxslardir. Mahalla ijtimoiy xodimi Zulayho Nurmatova tomonidan uşbu toifadagi fuqarolarning ehtiyojlarini örganiş, muammolarini aniqlaş va ularga manzilli yeçim topiş borasida tizimli işlar taşkil etilgan.
Ana şunday eʼtiborga muhtoj fuqarolardan biri — Sayfiddin Rahimov. Bir neça yil avval sodir bölgan baxtsiz hodisa oqibatida u bir oyoğidan ayrildi. Ikkinçi guruh nogironligi bölgan uç nafar farzand otasi uçun bu voqea nafaqat jismoniy, balki hayotiy sinovga ham aylandi. Oila taşvişlari, kundalik ehtiyojlar va kelajak haqidagi öylar uning zimmasidagi masʼuliyatni yanada oğirlaştirdi.

Mahalla yettiligi va ijtimoiy xodim tomonidan oilaning ahvoli örganilib, mavjud muammolarni bosqiçma-bosqiç hal etiş böyiça individual çora-tadbirlar belgilandi. Dastlab Sayfiddin Rahimovning mustaqil harakatlanişi va kundalik hayotga moslaşişi uçun zarur şaroit yaratişga eʼtibor qaratildi. Unga son protezi va zarur reabilitatsiya vositalari olib berildi. Şuningdek, tibbiy körsatmalar asosida statsionar davolanişga yuborildi.
Biroq oilani qöllab-quvvatlaş faqat tibbiy yordam bilan çeklanmadi. Uning iqtisodiy barqarorligini taʼminlaş, doimiy daromad manbaini şakllantiriş ham muhim vazifa sifatida belgilandi. Şu maqsadda Sayfiddin akaning turmuş örtoği özini özi band qiliş orqali daromad topiş imkoniyatiga ega böldi. Mahalla hokim yordamçisi kömagida çorvaçilik faoliyatini yölga qöyiş uçun 15 million söm imtiyozli kredit ajratildi. Bundan taşqari, xonadonni quyoş paneli bilan taʼminlaş böyiça ham imtiyozli dastur doirasida tegişli çoralar körildi.
Oilaning kundalik ehtiyojlarini taʼminlaş maqsadida “Saxovat va kömak” jamğarmasi hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-keçaklar yetkazib berildi. Farzandlarning taʼlim-tarbiyasi, qobiliyati va qiziqişlarini rivojlantiriş masalasi ham eʼtibordan çetda qolmadi. Bolalar öz qiziqişlariga mos pullik tögaraklarga bepul jalb etildi, ulardan birining maktabgaça taʼlim taşkilotiga imtiyozli şartnoma asosida qabul qilinişiga kömaklaşildi.
“Nuroniylar” jamğarmasi tomonidan farzandlarga öquv stoli va sport kiyimlari olib berildi. Ularning taʼlim olişi, böş vaqtini mazmunli taşkil etişi va qiziqişlarini rivojlantiriş yuzasidan doimiy monitoring yölga qöyildi.
Bugun bu xonadonda kuzatilayotgan ijobiy özgarişlar manzilli ijtimoiy yordamning ahamiyatini yana bir bor namoyon etmoqda. Zero, oilaga körsatilgan kömak bir martalik moddiy yordam bilan çeklanmadi. U tibbiy reabilitatsiya, bandlik, tadbirkorlik faoliyatini boşlaş, farzandlar taʼlimi va oilaning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytiriş kabi bir-biri bilan uzviy boğliq yönalişlarni qamrab oldi.

Bu misolda eʼtiborga molik yana bir jihat bor: ijtimoiy himoyaning samarasi ajratilgan yordam miqdori bilan emas, balki inson hayotida yuz bergan ijobiy özgarişlar bilan ölçanadi. Oila öz muammolarini mustaqil hal etişga qançalik yaqinlaşsa, farzandlar uçun yangi imkoniyatlar qançalik kengaysa, körsatilgan kömakning amaliy natijasi ham şunçalik namoyon böladi.
Mahalladagi bu kabi işlar zamirida inson qadrini uluğlaş, heç bir fuqaroni eʼtibordan çetda qoldirmaslik tamoyili mujassam. Eng muhimi, ijtimoiy xizmatlar insonning faqat bugungi muammosini hal etişga emas, balki ertangi kuniga işonç bilan qaraşi, öz imkoniyatlarini röyobga çiqarişi va jamiyat hayotida munosib örin egallaşiga xizmat qilmoqda.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri