Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi va O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida Xatirchi tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga kompleks yondashuv asosida ko‘rsatilgan professional ijtimoiy xizmatlar bilan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan Ijtimoiy himoya milliy agentligi, shuningdek, Agentlikning viloyat boshqarmalari, tuman va shaharlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etilgan edi. 

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam yagona tizimga jamlanib, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat va yordamlar yagona dastur doirasida muvofiqlashtirib borilmoqda. 

[gallery-23678]

Hozirda Navoiy viloyatida mavjud 11 ta “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida 100 dan ziyod ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari, markazlarda psixolog xizmati, huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert maslahatchilar, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

OAV vakillari va blogerlar Xatirchi tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining yangi binosida tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. 

Bugun davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joylarda tashkil etilgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari inson manfaatlarini himoya qilishda yakdil ko‘makchiga aylanib ulgurdi. Mahallalar darajasida aholiga individual yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish orqali ko‘plab og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarimizning ijtimoiylashuviga erishilmoqda.

Foydalanishga topshirilgan yangi binoda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, panduslar, Brayl alifbosidagi yozuvlar hamda shinam va yorug‘ xonalar mavjud. Shuningdek, markazda psixolog xizmati, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

– Ushbu binomiz foydalanishga topshirilgandan keyin fuqarolarimizga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yanada oshdi, – deydi tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Alisher Bahriddinov. – Har bir yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilgan xonalarimiz ketma-ketlikda joylashgan bo‘lib, kerakli tartibda jihozlangan. Fuqarolarimizni qabul qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Murojaat qilib kelgan fuqaro imkon qadar o‘z ishini ijobiy yakunlab ketadi. Xizmatlar turi 123 tani tashkil etib, hozirda aholiga 105 ta xizmat turini ko‘rsatmoqdamiz. 

Xatirchi tumanidagi mahallalarda kompleks xizmat ko‘rsatuvchi 70 nafar ijtimoiy xodimlar tomonidan jami 1459 ta keys (ijtimoiy ish) ochilgan bo‘lib, shundan bugungi kunga qadar 1392 tasi bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilib, fuqarolarning og‘iri yengil bo‘ldi.

Press-tur yakunida matbuot anjumani tashkil etilib, unda boshqarma boshlig‘i Qahramon Rajabov va tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ullari OAV vakillarining savollariga atroflicha javob qaytardi. 

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/aheku4duJD8?si=XXUss7IVP5DaS9v1" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat+video), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar doimiy e’tiborda (+video)