FOTOREPORTAJ

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tashabbusi bilan ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.          

Dastlabki manzil Termiz shahridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bo‘lib, unda “Media markaz” faoliyati bilan tanishildi.          

“Media markaz” ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish, ijtimoiy dasturlarni yoritish va aholining xabardorlik darajasini oshirishda muhim axborot platformasi hisoblanadi. Uchrashuv davomida axborot siyosatini samarali tashkil etish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini kuchaytirish, aholiga tezkor va ishonchli ma’lumot yetkazish masalalari atroflicha muhokama qilindi. 

Ta’kidlanganidek, viloyatda ijtimoiy himoya tizimini yanada rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va jarayonda “Media markaz”ning axborot hamkorligidagi o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.

Press-tur ishtirokchilari keyingi manzil – Termiz shahrining Manguzar mahallasida joylashgan “Faol hayotga qadam” loyihasi doirasida tashkil etilgan kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati faoliyati bilan tanishdi.       

Mazkur xizmat ko‘rsatish turi yakka tartibdagi tadbirkor O‘g‘ilshod Xonova tomonidan davlat-xususiy sherikchiligi asosida yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda bu markaz orqali o‘zgalar parvarishiga muhtoj 17 nafar fuqaro kunduzgi parvarish xizmati bilan qamrab olingan. Tashkilot faoliyati nafaqat ehtiyojmandlar uchun qulay sharoit yaratmoqda, balki 10 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratishga ham sabab bo‘lgan.       

Ushbu tashabbus ijtimoiy himoya tizimini mahalliy darajada kuchaytirish, aholining ijtimoiy faol hayotga jalb etilishini ta’minlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.   

Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar press tur doirasida Jarqo‘rg‘on tumani, “Yangi O‘zbekiston” massividagi Qorayantoq mahallasida joylashgan 66-maktabda olib borilayotgan inklyuziv ta’lim jarayonlari bilan ham tanishdi.      

Maktabda nogironligi bo‘lgan 7 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Ulardan 4 nafari maktabga qatnab o‘qiydi, 3 nafari esa yakka tartibda, uydan ta’lim oladi. Muassasada kutubxona, robototexnika va amaliy fanlar laboratoriyalari alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalar uchun moslashtirilgan holda jihozlangan. Shuningdek, bolalar sog‘lig‘i va rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus tibbiyot hamda korreksion xizmatlar bevosita shu yerning o‘zida yo‘lga qo‘yilgan. Bu amaliyot alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalarning ijtimoiy hayotga faol integratsiyasi va teng imkoniyatlar muhitini shakllantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Press-tur davomida Angor tumanidagi Yangi turmush mahallasida joylashgan 1- va 2-Oilaviy bolalar uylari faoliyati bilan ham tanishildi.

Qayd etilishicha. 1-Oilaviy bolalar uyida 10 nafar, 2-sida esa 3 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘g‘il-qiz tarbiyalanmoqda. 

[gallery-25930] 

Tashrif davomida bolalar uylarida yaratilgan sharoitlar, tarbiyalanuvchilarning ta’lim olishi, mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.         Bolajonlar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning orzu-istaklari, kelajak rejalari va o‘z ustida ishlashga bo‘lgan ishtiyoqi tinglandi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy himoya tizimining viloyatdagi holati o‘rganildi