O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Andijon viloyatiga press-tur tashkil etildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan keyingi yillarda mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, jismoniy imkoniyati cheklangan, nogiron, yolg‘iz yashovchi keksalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, vasiylikka olinganlar, alohida ta’lim-tarbiyaga muhtoj insonlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularning salomatligi va boshqa muammolarini bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni hamda 2023 yil 28 sentyabrdagi “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish agentlik zimmasiga yuklandi. Bu borada o‘tgan davr mobaynida Agentlik tomonidan yurtimizning barcha hududlarida salmoqli ishlar amalga oshirildi. 

Press-tur doirasida Ijtimoiy himoya agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i Akmaljon To‘lanov ishtirokchilarga viloyatda bu borada amalga oshirilgan ishlar haqida keng ma’lumotlar berdi.

Press-tur qatnashchilarining dastlabki manzili –  Andijon shahridagi “Imkoniyatlar olami” markazi bo‘ldi. Ishtirokchilar markazda yaratilgan shart-sharoitlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularni reabilitatsiyasi, shuningdek, kasb-hunar o‘rgatish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Markazning umumiy maydoni 4,7 gektar bo‘lib, hududida 22 ta bino mavjud. Ya’ni 16 tasi ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarning yashashi uchun kottejlar, shuningdek, ma’muriy bino, yopiq va faollar zallari, kasbga o‘rgatish markazi hamda bolalar o‘yingohi, mini futbol maydoni bor.

– Markazda imkoniyati cheklangan insonlarning yashashi, davolanishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan, – deydi “Imkoniyatlar olami” markazi rahbari Hilola Xalilova. –  Bundan tashqari, tajribali va zarur malakaga ega tarbiyachilar, shifokorlar ularning xizmatida. 

Hozirda birinchi bosqichda kuniga 350 kishiga xizmat ko‘rsatilayotgan bo‘lsa, kelgusida bu son kuniga 500 kishiga yetkaziladi. Barcha sa’y-harakatlarimiz xizmatlarimizdan foydalanayotgan insonlarni mustaqillikka, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga,  to‘laqonli hayot kechirishiga ko‘maklashishga qaratilgan. 

Mazkur markazda Andijon shahri va Oltinko‘l tumanlaridan ijtimoiy himoyaga muhtoj 4 ming nafarga yaqin shaxs yashaydi. Qolaversa, markazda nogironligi bor bolalar, kambag‘al oilalar va ularning farzandlari, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun qatnov asosida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi ham yo‘lga qo‘yilgan. 

Bu yerga tashrif buyuruvchi bolalar maktabdan tashqari ta’lim olish, internet tarmog‘idan foydalanish, rus, ingliz, koreys tillarini bepul o‘rganish, shuningdek, katta yoshdagilar esa jismoniy va intellektual imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan xizmatlardan foydalanishi mumkin. 

– Tanamdagi og‘riqlar meni doimiy bezovta qiladi, – deydi Dilfuzaxon Mamatova. – “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tavsiyasi bilan markazga kelib, salomatligimni tiklash uchun mashg‘ulotlarda qatnashyapman, shifokorlar nazoratidaman.

Eng asosiysi bu yerda men va men kabi insonlarga ko‘rsatilayotgan e’tibordan ko‘nglim tog‘day ko‘tarildi, o‘zimga, yashashga bo‘lgan ishonchim ortdi. Yaratib berilgan mana shunday shart-sharoitlar uchun hukumatimizga, Prezidentimizga mingdan-ming rahmat. 

Markazda xizmatlar sonini oshirish, ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha ham ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda. 

Shuningdek, press-tur qatnashchilari Andijon shahridagi 40-ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maxsus maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. 

Mazkur muassasada aqli zaif bolalarni parvarishlash, ularni imkoniyati darajasida sog‘lomlashtirish yo‘lga qo‘yilgan. 

Muassasa qoshida kunduzgi qatnov asosida tashkil etilgan “G‘amxo‘rlik” guruhi faoliyatini alohida e’tirof etish o‘rinli. Ya’ni ushbu guruh nogiron farzandi bor ota-onalarni bolalar qarovidan ozod qiladi, ularga farzandlaridan ko‘ngli to‘q, xotirjam ishlashi, o‘z ishi, kasbi bilan bemalol shug‘ullanish, daromad topish, oilalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga yaqindan ko‘maklashadi. 

Press-tur qatnashchilarining navbatdagi manzili Xo‘jaobod tumanidagi 17-son maxsus maktab-internati bo‘ldi. 

Mazkur maktab-internatda eshitishda nuqsoni bo‘lgan 200 nafarga yaqin bolalar ta’lim-tarbiya oladi. Ularning yashashi, ta’lim olishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. 

Maktabda 16 ta fan, shuningdek, mohir qo‘llar, robototexnika, rassomchilik, kasb o‘rgatish yo‘nalishi bo‘yicha kosiblik, chilangarlik, duradgorlik, pazandachilik to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 

Maktabda nogironligi bor o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda. Maktab-internat monomarkazi qoshida tadbirkor Feruza Xo‘jamberdiyeva tomonidan tikuv korxonasi tashkil etilgan. O‘quvchilar darslardan bo‘sh paytida mazkur korxonada hunar o‘rganish imkoniga ega bo‘ladi. Hozirda yuqori sinflarda tahsil olayotgan 25 nafar o‘quvchi tikuv sexida dual ta’lim asosida hunar o‘rganmoqda. 

[gallery-22965]

Shuningdek, press-tur ishtirokchilari Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Press-tur davomida jurnalistlar ijtimoiy himoya yo‘nalishida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutasaddi va mutaxassislardan batafsil javob oldi. 

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy himoya: e’tibor va e’zozdan ko‘ngillar obod bo‘lmoqda