FOTOREPORTAJ

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning huquqlarini himoya qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash respublikamizning shahar va tumanlarida o‘z faoliyatini olib borayotgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining bosh maqsadiga aylangan. Jarayonda og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan individual darajada ish olib borishga hamda ularning og‘irini yengil qilishga erishilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida ham bu borada keng ko‘lamli ishlar bajarilmoqda.  

Tumanning “Diyqan arna” mahalla fuqarolar yig‘inida 4 ming 300 dan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mahallada 112 oila “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga va 104 oila “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan. Ushbu oilalarga belgilangan tartibda individual reja ishlab chiqilib, tegishli yordam va xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.  O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ijtimoiy xodim assistentlari biriktirilib, ular tomonidan xo‘jalik ishlari bo‘yicha yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Ramuza Tojimurodova ham ana shu mahallada yashovchi fuqarolardan. Hayotdagi ba’zi bir qiyinchiliklar zamondoshimizning biroz qaddini bukdi. Biroq kasb o‘rganishga qiziqish va o‘ziga ishonch uni farovon kunlarga yetakladi. R. Tojimurodovaning qo‘lidagi hunari, nogiron farzandi borligi hisobga olinib, unga Nukus tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatildi. Yaqinda berilgan zamonaviy tikuv mashinasi esa xonadonga qo‘shimcha daromad kiritish imkonini berdi.

[gallery-24042]

Dastur doirasida mahallada olib borilayotgan ishlar shuningdek, yosh mutaxassis Arzayim Boymuratovani hududda o‘quv markazini tashkil qilishga undadi. Imtiyozli kredit mablag‘i hisobidan ish boshlangan o‘quv markazida ilm va fanga qiziquvchi mahalla yoshlariga matematika, rus tili va ingliz tili fanlari bo‘yicha darslar o‘tilib, mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijtimoiy himoya – davlat nazoratida