Eng yaxshi she’r Vatan tuyg‘usi madh etilganidir. Eng yaxshi qo‘shiq yurt haqidagisidir. Eng yaxshi asar xalqparvarlik ilgari surilganidir.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov bir guruh ijodkorlar bilan uchrashdi. Muloqot davomida bugun shu yurt, shu el taqdiriga daxldorlik hissini oshiruvchi, qalblardagi oliy tuyg‘uni jo‘sh urdiruvchi ijod  namunalariga ehtiyoj kattaligi ta’kidlandi.  

Bugungi islohotlar, shiddatli jarayonlar, xalq manfaati yo‘lidagi yangilanishu, o‘zgarishlar she’rlarda, asarlarda o‘z ifodasini topishi zarurligi aytildi.  

Zero, adabiyot shu qadar qudratli kuchki, Vatan haqida yozilgan she’rning bir  misrasini eshitib, Vatan haqidagi asarning bir jumlasini o‘qib, har birimiz shu yurtga tegishli ekanimizni, uning taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish ezgu maqsadimiz ekanini yanada teranroq idrok etamiz.    

Muloqot davomida so‘zga chiqqanlar maktablar, harbiy kismlarda, oliy ta’lim dargohlarida ham Vatanimiz madh etilgan bunday ijod namunalari baralla yangrashi zarur ekani ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ijodkorlarining bu boradagi g‘oya va tavsiyalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi. Hamkorlik bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijodkorlar bilan samimiy muloqot