FOTOREPORTAJ

Qarshi shahrida “Ijodkor yoshlar” ko‘rik-tanlovining Qashqadaryo viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan mazkur tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.  

[gallery-24118]

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning madaniyat va san’at sohasidagi qobiliyatini namoyon etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan  ko‘rik-tanlov yosh iste’dodlarning kashf etilishi va ularning ijodiy parvozi uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tanlov doirasida mahorat darslari, seminarlar va ijodiy uchrashuvlar tashkil etildi. Bunday tadbirlar yoshlarning o‘zaro tajriba almashishi, hamkorlik qilishi va ijodiy aloqalarni o‘rnatishi uchun qulay muhit yaratishi bilan ham muhimdir.  

Tanlovning yuqori saviyada tashkil etilgani va keng qamrovliligi yoshlarning unga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. Ishtirokchilarning so‘zlariga ko‘ra, tanlov ular uchun o‘z iqtidorini namoyish etish, yangi do‘stlar orttirish va kelajakdagi ijodiy rejalarini aniqlash imkonini berdi. G‘oliblarning muvaffaqiyati esa boshqa yoshlar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Jamshid NORQOBILOV(surat),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ijodkor yoshlar” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi