“Ijodkor rahbar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Uchtepa tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi davlat MTT direktorlari o‘rtasida “Ijodkor rahbar” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda 341-DMTT rahbari Kimyo Abdullayeva g‘olib bo‘ldi va bahsning shahar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Kimyo Abdullayeva ijodkor rahbar, noan’anaviy usullarda bir necha yo‘nalishlarda rasmlar chizadi va beg‘ubor bolalar bilan birga turli yo‘nalishlarda ijod qilishdan zavq oladi.
O‘zA