Ijodiy uchrashuv taassurotlarga boy bo‘ldi
Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, Oliy Majlis senati a’zosi Farmon Toshev ishtirokida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ijodiy uchrashuvda viloyat hokimi maslahatchisi Yanvar Inoyatov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari G‘.Abdiyev, faxriy jurnalistlar Husan Temirov, Bo‘riboy Norqobilov hamda Qarshi davlat universiteti professorlari Abdurahim Erkayev, Nafas Shodmonov ishtirok etdi.
Farmon Toshev Abdulla Oripov haqidagi xotiralari, shoirning she’rlaridan ilhomlanib yozilgan “Qiyomat”, “Nasihat” she’rlarini o‘qib, tahlil qildi.
[gallery-19848]
Tadbir davomida “18 oktyabr – Samarqand shahri kuni” munosabati bilan Farmon Toshev ijod maktabiga Samarqand viloyati hokimining esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Maktabning ijodkor o‘quvchilaridan mehmon shoirning yurtdoshi, samarqandlik o‘quvchi Javohir Abdurasulov va Hikmat Boyqobilov tomonidan o‘qilgan she’riy namunalar yig‘ilganlar tomonidan e’tirof etildi.
Ijodiy uchrashuv so‘nggida Farmon Toshev o‘z ijod namunalari jamlangan kitoblaridan davra suhbati ishtirokchilariga hamda maktab kutubxonasiga sovg‘a qildi.
O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbiri