Orolbo‘yidagi barcha umumta’lim dargohlari singari davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan Nukus shahridagi I.Yusupov nomidagi ijod maktabida ham “so‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari davlat madhiyalari yangradi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi A.Orinbayev ishtirok etib, davlatimiz rahbarining maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Ijod maktabini bitirib, katta hayotga qadam qo‘yayotgan bitiruvchi yoshlarni, ularning ustozlari va ota-onalarini samimiy muborakbod etdi.

[gallery-17557]

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda navqiron avlod vakillarini har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga juda katta e’tibor qaratilmoqda.  Chunki jonajon Vatanimizning kelajagi, uning taqdiri va taraqqiyoti bugun shinam sinfxona va auditoriyalarda qunt bilan ta’lim olayotgan yoshlarning qo‘lida. Ular ertaga O‘zbekistonni yanada kuchli, rivojlangan va baxtli davlatga aylantirish uchun o‘zlarining bor bilimi, iqtidori va kuch-g‘ayratini safarbar qilsa, ko‘zlagan maqsadlarimizga albatta erishamiz.

Joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 748 ta umumta’lim maktabini  22 ming 880 nafar o‘quvchi bitirmoqda. Shundan 688 nafari oltin, 188 nafari kumush medallari bilan bitirayotgan bo‘lsa, 267 nafari mamlakatimizdagi va chet davlatlardagi nufuzli oliy ta’lim muassasalariga  muddatidan oldin kirishga muvaffaq bo‘ldi. Ular orasida I.Yusupov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ham bor.

Bugungi kunda ijod  maktabida 26 nafar oliy va birinchi toifali o‘qituvchi yoshlarga ta’lim bermoqda. 2023-2024 o‘quv yilida 11- sinfni 35 nafar o‘quvchi bitirib chiqmoqda. Shundan 20 nafari xorijiy tillar bo‘yicha xalqaro va milliy sertifikatga, 12 nafari turli fanlardan sertifikatga ega. O‘tgan yili ijod maktabining barcha bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining talabalari  bo‘ldi. Bugungi kunda ular AQSHning Massachusets, Arizona shtatlaridagi, Turkiyaning, Janubiy Koreyaning oliy o‘quv yurtlarida tahsil olmoqda.

Tadbirda so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi. Maktab o‘quvchilari ijrosidagi qo‘shiq va raqslar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat),  

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijod maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq”