Sirdaryo viloyatiga Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbari Hilola Umarova tashrif buyurdi.

– Bizning maktabimizda o‘quvchilarimizga ona tilini chuqur o‘qitish bilan birgalikda turk, ingliz, ispan va rus tillari ham o‘rgatilyapti, – dedi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi direktori, shoir Muhammad Ismoil. 

– bugungi kunda ilmga chanqoq yoshlarimiz shu tillarda erkin muloqot qilishni o‘rgandilar. Maktabda barcha fan, sport va amaliy san’at to‘garaklari muntazam ravishda faoliyat yuritib kelmoqda. O‘quvchilar ijod sirlarini o‘rganish bilan birga qo‘l mehnati bilan tayyorlangan san’at namunalarini ham o‘zlari yaratmoqda.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda ijod maktabi o‘quvchilari o‘zbek, turk, ingliz, ispan va rus tillarida tabriklar aytdi, o‘zlarining ijod namunalaridan o‘qib berdi.

–Prezidentimiz tomonidan ijod maktablariga katta e’tibor berilyapti, –dedi . Hilola Umarova. – Sizlarga ishonch bildirilyapti. Bizning ijod bog‘imizning guldastalari bu – sizlar. 

Prezidentimiz, rahbariyatimiz, ustozlarimiz sizlarga judayam katta mehr berib, ishonch va umid bilan yuksak natijalar kutmoqda. Shuningdek, shaxsan men o‘zim ham ertangi, ya’ni vatanimiz ravnaqi uchun kerakli kadr bo‘lib yetishishlaringizga ishonaman. Bizning yulduzchalarimiz bu – sizlar. Sizlarning har bir ijodingiz, aytgan she’rlaringiz, barcha ijod namunalaringizni ko‘rib judayam quvondim. Mana hozir nashriyotda “Ijod bog‘idan guldasta” nomli kitobni chop ettiryapmiz. Har biringiz bu to‘plamni olib, o‘z ijod namunangizni ko‘rasiz.

Mohidil ZIYAEVA,

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi

ijod maktabi o‘qituvchisi,

Xalq ta’limi a’lochisi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ijod bog‘ining guldastalari