IIV Malaka oshirish instituti xodimlarining navbatdagi manzili Andijon va Sirdaryo viloyatlari
O‘quv yig‘inlarida xalq manfaatlariga xizmat qilish – ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy mezoni ekanligi, aholi bilan doimiy manzilli muloqot o‘rnatish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tizimining asosiy maqsadlaridan ekanligi tushuntirilmoqda.
IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan Andijon va Sirdaryo viloyatlaridagi tuman va shahar ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘lim (bo‘linma)lari boshliqlari, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘limlari tezkor vakillari, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ofitserlar tarkibiga sayyor o‘quv yig‘inlari o‘tkazilmoqda.
O‘quv yig‘inlarida xalq manfaatlariga xizmat qilish – ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy mezoni ekanligi, aholi bilan doimiy manzilli muloqot o‘rnatish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tizimining asosiy maqsadlaridan ekanligi tushuntirilmoqda.
– Ichki ishlar organlari tizimini xalqchil tuzilmaga aylantirish, “Jinoyat haqiqati va adolati”, “Qonun va adolat – ustuvor, jinoyatga jazo – muqarrar” degan tamoyillarni amalda qaror toptirish soha xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish bilan uzviy bog‘liq, – deydi Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi katta inspektori, podpolkovnik Ismat Betanov. – Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan Sirdaryo viloyatida o‘tkazilayotgan besh kunlik sayyor o‘quv yig‘inlarida sohaga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni, hududlarda shakllangan ijobiy tajribalar bilan yaqindan tanishyapmiz.
– Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda “hududlar tajribasi”, xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatidagi ijobiy tajribalarni tushuntirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi Andijon viloyati Buloqboshi tumani IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish guruhi katta tezkor vakili, mayor Avazbek Ismoilov. – Bundan tashqari, terrorrizm tushunchasi va mohiyati, uning ekstremizm bilan aloqadorligi hamda unga qarshi kurashish, missionerlik va prozelitizmning uslub-vositalari hamda mintaqaviy xususiyatlari, noislomiy diniy tashkilotlarning noqonuniy faoliyatiga qarshi kurashish kabi mavzular bo‘yicha ham mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
O‘quv yig‘iniga jalb qilingan xodimlarga joydagi ichki ishlar organlarida xizmatni to‘g‘ri tashkil qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda.
IIV Malaka oshirish instituti
matbuot xizmati.