IIV akademiyasi haqida gap ketganda, ko‘pchilik ushbu oliy ta’lim muassasasi ichki ishlar organlari xodimlarini, yuridik sohadagi mutaxassislarni yetishtirib chiqaradi, degan fikr bilan kifoyalanishadi. Ammo ular bugun ushbu oliy ta’lim muassasasining kengaytirilayotgan imkoniyatlari hamda kursantlar uchun yaratilgan zamonaviy shart—sharoitlardan xabardor emaslar. Ana shu yangiliklar bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida joriy yilning 6 fevral kuni IIV akademiyasida OAV uchun press-tur tashkil qilindi.

Tadbirda dastlab Akademiyaning Axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishtirildi. Qayd etilishicha, Markaz fondini ilmiy, o‘quv, o‘quv-uslubiy, badiiy, xorijiy, davriy va doimiy nashrlar tashkil etadi. Shu bilan birgalikda, har biri 100 o‘rinli 3 ta elektron o‘quv va konferensiyalar, onlayn mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan 260 o‘rinli anjumanlar zali mavjud. Kursantlarni vatanparvalik ruhida tarbiyalash maqsadida esa buyuk bobokalonlarimiz haqida keng so‘zlovchi ma’lumotlar jamlangan sinfxonalar, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Akademiya tarixi” muzeyi, “Vatanparvarlik burchagi”, Cho‘lpon muzeyi hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish burchagi” barpo etilgan. 

Ilgari ushbu sohada xotin-qizlarni yakkam-dukkam uchratish mumkin edi. Bugun esa, akademiyaning imkoniyatlari kengayib borayotgani sari ushbu oliygohga o‘qishga topshirayotgan qizlar soni ham ortib bormoqda. Ayollar uchun yaratilgan bugungi qulayliklar esa avvalgisidan ancha farq qiladi. Misol uchun, kursant qizlar uchun qurilgan yotoqxona va zamonaviy jihozlar bilan boyitilgan to‘garak xonalari, O‘zbekiston Prezidentining beshta muhim tashabbusi doirasida kasb-hunar o‘rgatish, oilaga tayyorlash yo‘nalishida “Tikuvchilik”, “Pazandachilik”, “Oila etikasi”, “Oila hamshirasi”, “Sartaroshlik san’ati” hamda “Orastalik sirlari” kabi o‘quv kurslarining tashkil etilgani tahsinga sazovor. Qizlar bu yerda o‘qish davomida kasb-hunarga ham ega bo‘ladilar va ularga diplom topshiriladi. 

Bundan tashqari, akademiyada o‘quv jarayoni uchun joriy etilgan yangicha mexanizmlardan foydalanib, onlayn master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazilib turiladi. Kursantlarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda asosan “ustoz-shogird” an’analariga amal qilinib, ko‘p yillik amaliy tajribaga ega xodim va faxriylar yirik jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish bilan bog‘liq o‘z sir-asrorlarini bo‘lishmoqda. 

Shu bilan birgalikda, oliygohda o‘quv tezkor-tergov guruhlari, bazaviy amaliyot mashg‘ulotlari, “Muloqot” klublari, “Final” kompleks o‘quv mashg‘ulotlari hamda sayyor sud majlislarigacha mavjud. Ta’lim samaradorligini oshirish va kursantlarning zamonaviy bilimlarni puxta egallashga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirish maqsadida Ichki ishlar vaziri stipendiyasi, Jaloliddin Manguberdi nomidagi stipendiya, Cho‘lpon nomidagi stipendiya, “Iqtidorli kursant” hamda “Akademiya a’lochisi” ko‘krak nishonlari ta’sis etilgan. 

Press-tur davomida Kriminalistik ekspertizalar kafedrasida tashkil etilgan Maxsus laboratoriyalarning faoliyati OAV xodimlarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ekspert-kriminalistlarning jinoyatlarni issiq izidan ochishda foydalanadigan jihozlar va eng zamonaviy texnik vositalar, yetarlicha jihozlangan laboratoriya komplekslargacha kafedrada mavjud.

Iqtidorli kursantlar uchun ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik tarbiya va sport yo‘nalishlari bo‘yicha 27 ta to‘garak faoliyat yuritmoqda. Berilayotgan ta’lim sifatini nazorat qilish maqsadida hatto monitoring markazi ishlab turibdi. Akademiya magistraturasida “universal rahbar” etib tayyorlashga ixtisoslashgan modulli o‘qitish tizimi ham joriy qilingan. Kursantlarning jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida 3 ta sport zali, yopiq suv havzasi, zamonaviy inventarlar bilan jihozlangan maxsus zal, mini futbol maydoni va boshqa ob’ektlar mavjud. 

Yaratilayotgan shu kabi sharoitlar va e’tiborga javoban yosh kursantlar ham egallayotgan bilim va ko‘nikmalari, erishayotgan natijalari orqali ustozlar ishonchini oqlab kelishmoqda. Bugun ushbu yoshlar orasida so‘nggi uch yilda i Jahon, Osiyo va O‘zbekiston miqyosidagi musobaqalarda 56 oltin, 30 ta kumush, 40 ta bronza medallar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan sport tadbirlarida esa 73 ta medalni qo‘lga kiritganlar bor. Iqtidorli kursantlardan 3 nafari esa joriy yilda MDHga a’zo davlatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan eng yaxshi ilmiy maqola xalqaro tanlovlarida faxrli 1 va 2 o‘rinlarni, “Ta’lim iftixori” ko‘krak nishoni hamda “Ilhom” mukofotini qo‘lga kiritishdi. 

Akademiya RF, Turkiya, Belarus, Qozog‘iston, Hindiston, Armaniston, Koreya, Tojikiston, Qirg‘iz va Xitoy Xalq Respublikalarining jami 29 ta turdosh oliy ta’lim muassasasi bilan ko‘p qirrali hamkorlik o‘rnatib, o‘zaro tajriba almashib kelmoqda va yana 9 ta xalqaro tashkilot bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/G_XJyqTqbh4" title="IIV akademiyasida  arzigulik oʻzgarishlar!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IIV akademiyasida arzigulik o‘zgarishlar! (+video)