Poytaxtimizda III Toshkent xalqaro marafoni boshlandi.

Unda atletlar marafon (42,195 km), yarim marafon (21,0975 km), ekiden (42 km 195 metr) va 3 km masofaga yugurish bo‘yicha o‘zaro bahslashadi.

Marafon O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz yengil atletika federatsiyalari xalqaro assotsiatsiyasi (IAAF), xalqaro marafonlar va yugurishlar assotsiatsiyasi (AIMS) hamda bir qator tashkilotlar tomonidan o‘tkazilmoqda. Ushbu nufuzli sport musobaqalarda 18 yosh va undan yuqori bo‘lgan professional sportchilar medal, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan birgalikda “Tokio-2020” Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun raqobatlashmoqda.

III Toshkent xalqaro marafonida ilk marotaba ekiden – marafon poygasida ham g‘oliblar aniqlanadi. Marafonning ushbu yo‘nalishida belgilangan masofa bir kishi emas, balki 6 nafar ishtirokchi tomonidan bosib o‘tiladi. Jamoaviy estafeta shaklidagi ushbu poygada ishtirokchilar mos ravishda 5 km+10 km+5 km+10 km+5 km+7,195 km masofani ketma-ketlikda bosib o‘tishlari zarur bo‘ladi.

Marafon o‘tkaziladigan mamlakatimizdagi eng yirik trassa Xalqaro marafonlar va yugurishlar assotsiatsiyasi (AIMS) tomonidan sertifikatlangan. Marafonning boshlanish nuqtasi – Afrosiyob ko‘chasi, “Humo Arena” muz saroyi yonida bo‘lib, qatnashchilar marafon davomida Toshkent shahrining markaziy ko‘chalari, jumladan, Afrosiyob, Beshyog‘och, Oybek, Nukus va Abdulla Qodiriy ko‘chalarini yugurib o‘tadi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari bugun aniqlanadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
III Toshkent xalqaro marafoniga start berildi