Ozarbayjonda o‘tayotgan III MDH o‘yinlarida bugun, 7 oktyabr kuni sportchilarimiz turli dasturlarda final bosqichida ishtirok etadi.
Jumladan, chavgon bo‘yicha final bellashuvida O‘zbekiston terma jamoasi Ozarbayjon termasi bilan raqobatlashadi. Shuningdek, delegatsiyamiz a’zolari qilichbozlik, yunon-rum kurashi, badiiy gimnastika va akademik eshkak eshish kabi sport turlari bo‘yicha ham medallar uchun kuch sinashadilar.

Ayni damda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 22 ta oltin, 31 ta kumush, 55 ta bronza, jami 108 tani tashkil etgan holda umumjamoa hisobida to‘rinchi o‘rindan joy olgan.
III MDH o‘yinlarida Rossiya 116 ta oltin, 58 ta kumush va 38 ta bronza medaliga ega chiqib, yaqqol peshqadamga aylangan. Ikkinchi o‘rinda belaruslik sportchilar 32 oltin, 31 kumush va 51 bronza bilan qayd etilgan. Musobaqa mezbonlari 29 ta oltin, 48 ta kumush, 89 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, kuchli uchlikdan joy olgan.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA