Bugun, 26 sentyabr kuni Ozarbayjonda III MDH o‘yinlarining dastlabki musobaqalariga start berildi.

O‘yinlar dasturiga ko‘ra, kun davomida stol tennisi bo‘yicha ayollar va erkaklar jamoalari o‘rtasidagi chorak final bahslari bo‘lib o‘tadi.

Unda O‘zbekiston erkaklar jamoasi Ozarbayjon bilan, ayollar jamoasi esa Rossiya vakillari bilan kuch sinashadi.

Ertaga III MDH o‘yinlarining stol tennisi bo‘yicha ilk g‘olib va sovrindor jamoalari aniqlanadi.

Aytish lozim, qardosh mamlakatning 7 ta shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH o‘yinlarida 10 taga yaqin mamlakatning 1 ming 800 nafarga yaqin sportchisi 23 ta sport turining 246 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘yinlarning tantanali ochilish marosimi 28 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Musobaqalarda yurtimizning 250 nafardan ziyod sportchisi 23 ta sport turidagi qizg‘in bahslarda vatanimiz sharafini himoya qiladi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
III MDH o‘yinlari: Stol tennischilarimiz bahslarga kirishdi