II “Tashkent International Half Marathon” musobaqasi yakunlandi
Poytaxtda 24 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashgan II Toshkent xalqaro yarim marafoni o‘z yakuniga yetdi. Ushbu yirik sport tadbiridagi shiddatli bahslar g‘oliblarni aniqlab berdi.
Poytaxtimizda II “Tashkent International Half Marathon” xalqaro yarim marafoni bo‘lib o‘tdi. Musobaqa 5 kilometrlik ommaviy yugurish hamda 21,0975 kilometrlik yarim marafon masofalarida tashkil etilib, unda 24 mingdan ziyod kishi ishtirok etdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, 5 kilometrlik masofada erkaklar o‘rtasida Eldor Botirov birinchi o‘rinni egalladi. Ruslan Xadjiyev ikkinchi, Behruz Shavkatov esa uchinchi o‘rindan joy oldi. Ayollar bahsida Alina Hakimova g‘olib bo‘ldi. Maftuna Ahmedova ikkinchi, Kamola Ablayeva uchinchi natijani qayd etdi.
[gallery-31268]
21,0975 kilometrlik yarim marafon masofasida erkaklar o‘rtasida Andrey Petrov marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Hasan Mirsoatov ikkinchi, Baxtiyor O‘tkirov uchinchi o‘rinni egalladi. Ayollar o‘rtasida Marjona Ahmadaliyeva g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Sadafbonu Nusratulloyeva ikkinchi, Arofatxon Imomaliyeva esa uchinchi o‘rindan joy oldi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari pul mukofotlari bilan ham taqdirlandi. Xususan, yarim marafon masofasida birinchi o‘rin sohibiga 15 million so‘m, ikkinchi o‘rin egasiga 12 million so‘m, uchinchi o‘rin sohibiga 10 million so‘mdan pul mukofoti berildi.
5 kilometrlik masofada esa g‘oliblarga 3 million so‘m, ikkinchi o‘rin sohiblariga 2 million so‘m, uchinchi o‘rin egalariga 1 million so‘mdan pul mukofoti topshirildi.
[gallery-31267]
Javohir Toshxo‘jayev, Farhod Abdurasulov (surat) O‘zA