Idish yuvadigan mashina yangisiga almashtirib berildi
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida yashovchi iste’molchi S.Qurbonovning murojaati O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan o‘rganildi.
Unda iste’molchi, “Grand” kredit do‘konidan “Artel” markasidagi idish yuvadigan mashina («Domashnyaya posudomoyka») sotib olganligi, lekin mashinaning suv isitish funksiyasini bajarib beruvchi mexanizmi tez-tez ishdan chiqib qolayotganligi, kompaniyaning servis xizmati mutaxassislari ushbu nuqsonni bartaraf etib berganlaridan so‘ng, ma’lum vaqt o‘tgach, yana shu nuqson kelib chiqayotganligini bildirib, mahsulotni maqbul sifatdagisiga almashtirilishida yoki puli qaytarilishida amaliy yordam so‘ragan.
Murojaatni o‘rganish jarayonida ma’lum bo‘lishicha, «Domashnyaya posudomoyka» idish yuvish mashinasi, iste’mol krediti shartlarida, 5 520 000 (besh million besh yuz yigirma ming) so‘mga, pulini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olingan.
Mashinada haqiqatan ham iste’molchi tomonidan bildirilgan nuqson mavjud. Kafolat muddati doirasida bepul servis xizmati ko‘rsatilgan.
Mazkur holatni o‘rganish natijasida iste’molchiga, nuqsonli tovarni sifatli tovarga almashtirib berilishiga erishildi