ICT WEEKning ikkinchi kunida qanday masalalar muhokama qilindi? (+video)
Jumladan, haftalik doirasida “Future Intelligence Forum 2026” tadbiri o‘tkazilib, unda davlat organlari vakillari, yetakchi xalqaro va mahalliy kompaniyalar, ekspertlar hamda raqamli iqtisodiyotning asosiy ishtirokchilari jamlandi. Forumda sun’iy intellektni rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni amaliyotga joriy etish va sohadagi zamonaviy yechimlar taqdimotiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, “Enterprise Uzbekistan” sammitida xalqaro biznes uchun yangi imkoniyatlar, huquqiy infratuzilma, suveren sun’iy intellekt yechimlari hamda O‘zbekistonning global texnologik iqtisodiyotdagi o‘rni muhokama qilindi.
ICT WEEK doirasida “Uzbek–Japan Digital Community Forum” ham bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida raqamli hamkorlikni kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va texnologik kompaniyalarni yangi bozorlarga olib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.
Forumda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ishtirok etib, ikki mamlakat innovatsion ekotizimlari o‘rtasida amaliy aloqalarni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
Umuman, haftaning ikkinchi kunida sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot, xalqaro investitsiyalar va O‘zbekistonning texnologik salohiyatini oshirish bilan bog‘liq masalalar asosiy muhokama mavzusi bo‘ldi.
N. Rahmonova, N. Abduvoitov (video), S. Obidjonov (montaj), O‘zA