Bu atamaga keyingi paytlarda ko‘proq duch kelayapmiz. Negaki, mamlakatimizning iqtisodini rivojlantirishning asosiy omili o‘simliklar hisoblanadi.

O‘simliklar karantini. Bu atamaga keyingi paytlarda ko‘proq duch kelayapmiz. Negaki, mamlakatimizning iqtisodini rivojlantirishning asosiy omili o‘simliklar hisoblanadi. O‘simliklarni turli zararkunandalardan asrash esa dolzarb vazifalarimizdan biridir.

Bu borada Toshkent shahri hududida Sharq mevaxo‘ri, Kaliforniya qalqondori, sitrus oq-qanoti, sitrus inli kuyasi, Komstok qurti kabi zararkunandalar hamda sudraluvchi kakra, zarpechak, va devpechak kabi begona o‘tlar asosiy e’tiborni qaratish lozim bo‘lgan xatarlardan biri sanaladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Sharq mevaxo‘ri, Kaliforniya qalqondori, Komstok qurtiga qarshi profilaktik choralar sifatida 13 ming 515 dona mevali va manzarali hamda igna bargli daraxtlarga maxsus preparatlar bilan ximiyaviy ishlov berildi.

Shu jumladan, 2.6 ga issiqxonalar zararkunandalardan zararlanishining oldini olish uchun karantin nazoratidan o‘tkazildi. Profilaktika uchun Padan, Aplaud va Altekor preparatlari bilan 5 marotaba kimyoviy ishlov berildi. Shuningdek, tumanlardagi mavjud issiqxonalarda yetishtirilayotgan pomidor mahsulotlarining ashaddiy zararkunandasi bo‘lgan pomidor kuyasiga qarshi karantin tadbirlari o‘tkazilib, zararkunandani aniqlash, monitoring qilish, qarshi kurashish maqsadida feromon tutqichlar o‘rnatildi.

Bundan tashqari, Kapr qo‘ng‘izi, to‘rt xolli va Xitoy donxo‘rlarini aniqlash bo‘yicha 177 ta omborxonalar ham karantin nazoratidan o‘tkazildi hamda zaruriyatga qarab umumiy xajmi 157034 metr kub bo‘lgan 141 dona omborxonalar va ularda saqlanayotgan karantin ostidagi yuklar zararsizlantirildi.

Qish mavsumida issiqxonalar faoliyati kengayadi. Shuni hisobga olib manzarali gul ko‘chatlari yetishtiriladigan 11 gektar issiqxonalar karantin nazoratidan o‘tkazildi. Toshkent shahar O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi xodimlari olib borayotgan tizimli chora-tadbirlar natijasida shahrimiz yashil maydonlari karantin ostidagi zararkunandalardan muhofaza qilinmoqda. 

Bahodir XO‘JAMURODOV,
“Toshkent yuk saroyi“ chegara maskani rahbari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichki karantin: 8 ta zararli organizmlar aniqlangan