Ichki ishlar vazirligi akademiyasida kursantlarning bitiruv marosimiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, soha faxriylari, ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari hamda bitiruvchilarning oila a’zolari ishtirok etdi.

Tadbirni akademiya boshlig‘i, polkovnik Rustam Hotamov kirish so‘zi bilan ochdi.  

Joriy yil akademiyaning kunduzgi ta’lim yo‘nalishini 7 ta ixtisoslik yo‘nalishi bo‘yicha 600 nafardan ortiq kursant tamomladi. O‘tgan uch yil mobaynida ular o‘zlari tanlagan mutaxassislik bo‘yicha zamon talablari darajasida ta’lim oldi. Mashg‘ulotlar milliy va xorijiy tajribaning ilg‘or yondashuvlari asosida olib borildi. Ta’limning amaliyot bilan uyg‘unligini mustahkamlash maqsadida o‘quv tezkor-tergov guruhlari, hududiy ichki ishlar organlari bilan birgalikda onlayn mahorat mashg‘ulotlari hamda bazaviy amaliyotlar yo‘lga qo‘yildi.  

Ayniqsa, bitiruvoldi o‘tkazilgan “Final” kompleks o‘quv mashg‘ulotlari kursantlar uchun kelgusidagi xizmat faoliyatida zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga xizmat qildi. O‘quv yili yakunida ular davlat attestatsiya imtihonlarini topshirib, malakaviy diplom ishlarini himoya qildilar.  

Tadbirda kunduzgi ta’limni “tezkor-qidiruv faoliyati”, “tergov faoliyati”, “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “ekspert-kriminalistika faoliyati”, “xizmat faoliyatini psixologik ta’minlash faoliyati”, “yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash faoliyati”, “jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati” mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan kursantlarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Ular orasidan 24 nafar kursant imtiyozli diplom, 2 nafari esa “katta leytenant” maxsus unvoni bilan taqdirlandi.  

Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Shavkat Rahmonov bitiruvchilarni tabriklab, tizim uchun professional kadrlar tayyorlash maqsadida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar kasbiy bilim, intellektual salohiyat, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, ona Vatanimiz taqdiriga daxldor fidoyi yoshlarni kamol toptirishda muhim poydevor bo‘layotganini alohida ta’kidladi.  

Shu kuni bitiruvchilardan Guljon Maratova, Sevdiyor Abdunazarov, ota-onalar nomidan esa Muhayyo Sodiqovalar  so‘z olib, davlatimiz tomonidan yoshlar ta’lim-tarbiyasi yo‘lida qilinayotgan ezgu ishlar va ulkan islohotlarni e’tirof etdi.  

Tadbir ona yurtimizni madh etuvchi qo‘shiq hamda bitiruvchilarning tantanavor marshi bilan yakunlandi. 

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi