Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish: real holat va istiqbolli rejalar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti, IIV Akademiyasi, Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti ishtirok etdi.
So‘zga chiqqan ma’ruzachilar tomonidan bugungi kunda Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi yangicha yondashuvlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha o‘zlarini takliflarini bildirdilar.
Anjumanda zamon talablariga javob beradigan, ichki ishlar organlari uchun mutaxassislar tayyorlashda yangicha yondashuvini yaratish, xodimlarning malakasiga qarab xizmat bo‘yicha o‘sishini ta’minlashga qaratilgan ta’lim tizimini takomillashtirish, shuningdek, kuch va vositalarni samarali boshqarishda rahbar kadrlarning intellektual va professional salohiyatini yanada oshirish borasida o‘qitishning yangicha usullarini joriy etish hamda yuzaga keladigan muammolarni hal etishga qaratildi.
Tadbir qizg‘in tusda, bahs-munozalarga boy tarzda o‘tkazildi hamda yakunida xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga oid yangicha yondashuvlar, istiqbolli rejalar muhokama qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Konferensiyada ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar, kelgusida Ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirsh va qayta tayyorlashda o‘zining ijobiy samarasini beradi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/qyW2Hqi6UiQ" title="Ichki ishlar organlari xodimlarini malakasini oshirishda istiqbolli rejalar muhokama qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, U.To‘htayev (video), O‘zA