Jizzax viloyatining Gʻallaorol hamda Sharof Rashidov tumanlarida ichki ishlar boʻlinmalarining yangi binolari foydalanishga topshirildi.

Jizzax viloyatining Gʻallaorol hamda Sharof Rashidov tumanlarida ichki ishlar boʻlinmalarining yangi binolari foydalanishga topshirildi. Binolarning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʻlat Bobojonov ishtirok etdi.

Gʻallorol tumani ichki ishlar boʻlimining 5-sonli boʻlinmasi Lalmikor shaharchasidagi 1975-yil qurilgan inshootda faoliyat yuritib kelayotgan edi. Binoning eskiligi 57 ming 400 dan ziyod aholi istiqomat qilayotgan toʻqqizta qishloq fuqarolar yigʻini hududida jamoat xavfsizligini taʼminlashga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga imkon bermayotgan edi.

Eski inshoot buzib tashlanib, oʻrnida qisqa muddatda zamonaviy yangi bino bunyod etildi. Yangi binoda navbatchilik qismi, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi, jinoyat qidiruv boʻlimi xodimlari hamda profilaktika inspektorlari xonalari mebel va aloqa vositalari bilan taʼminlandi

Boʻlinmadagi situatsion markazga ulangan 16 ta videokuzatuv qurilmalari orqali hududdagi aholi punktlari, 50 ta koʻcha va gavjum joylar muntazam nazorat qilinmoqda. Soʻrov, vaqtincha ushlab turish hamda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xonalari videokuzatuv uskunalari bilan jihozlangan.

Shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ushbu boʻlinma joylashgan Lalmikor shaharchasida yashovchi 4 ta ehtiyojmand oilaga oziq-ovqat va maishiy elektrotexnika jihozlari topshirildi.

Shuningdek, Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov Sharof Rashidov tumanidagi 8-sonli ichki ishlar boʻlinmasi yangi binosining foydalanishishga topshirish marosimida ham ishtirok etdi va mazkur binoda sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi.

Ichki ishlar vaziri viloyatning bir qator hududlarida boʻlib, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlar sifatini hamda karantin munosabati bilan tashkil etilgan blok-postlarda xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatini oʻrgandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichki ishlar boʻlinmalari yangi binoda
Жамият
13:53 / 13:07:2020